Polimetilmetakrilat
Polimetilmetakrilat - metilmetakrilatning chiziqli termoplastik polimeri. Rangsiz, shaffof modda, yorugʻlikni 91% dan ortiq oʻtkazadi. Fizikkimyoviy xossalari yuqori: oson kesiladi, yelimla-nadi, kavsharlanadi. Metilmetakrilat atseton dixloretan va benzolda yaxshi eriydi. Suv, ishkorlar, benzin va moylar taʼsiriga chidamli. P. turli ini-siatorlar taʼsirida blokli yoki emul-sion usulda olinadi. P. blokli usulda monomerni mineral shishadan ishlangan qoliplarda 45—125° temperaturada 24—30 soat mobaynida polimerlab hosil qilinadi. P. emulsiyali usulda me-tilmetakrilatni nikelli reaktorlarda suvli muhitda initsiatorlar (peroksidlar) va emulgatorlar ishtirokida 75—85° da 4—6 soat mobaynida polimerlab olinadi. P. organik shisha (MDH mamlakatlari), pleksiglas (AQSH, Germaniya, Fransiya), perspeks (Angliya) deb yuritiladi. P. rangsiz va turli rangli, tiniq va xira, plastifikatlangan, plastifi-katlanmagan, yupqa taxta va bloklar holida chiqariladi. Aviatsiyada, kemasozlikda, avtomobil sanoatida, tib-biyotda, qishloq xoʻjaligida va boshqalarda qoʻllanadi. Dis-persiyali va suvli eritmalari yorugʻlik nuriga chidamli, hidsiz lok-boʻyoq qoplamalar va yelimlar tayyorlashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |