Kontent qismiga oʻtish

Polisentrizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Polisentrizm (grekcha: πολύς — koʻp + lotincha centrum — toʻplanish) — dunyoning geopolitik tuzilishining eng muhim xossasi va prinsiplaridan biri. Biror mintaqaning bir necha siyosiy, ijtimoiy yoki moliyaviy markazlar atrofida tartiblanishida namoyon boʻladi.

Politsentrizm (poli... va lotincha centrum — toʻplanish, markaz) — hozirgi zamon tipidagi odamlarning kelib chiqishi haqidagi nazariya. Unga koʻra, Homo sapiens Yer yuzasining bir kancha joylarida paleoantrop va arxantroplarga oid har xil ajdod formalardan kelib chiqqan. Polisentrizmning asoschisi amerika antropologi F. Veydenreyx hisoblanadi. U neoantrop (qoz. odam) kelib chiqqan 4 ta markazni kursatadi. Odamlarning qazilma formalari bilan oʻsha joyda yashaydigan hozirgi zamon odam irqlari oʻrtasidagi morfologik moslikning yuqori boʻlmasligi Polisentrizmning asos-siz ekanligini kursatadi. Polisentrizm monotsentrizm nazariyasida karshi turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil