Kontent qismiga oʻtish

Poliuretanlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Poliuretanlar — makromolekulalarining asosiy zanjirida takrorlanuvchi uretan guruhi —OCONH— boʻlgan yuqori molekulali birikmalar. P. xossalariga kura poliamidlarga yaqin turadi. Glikollarni diizotsia-natlar bilan birgalikda bosqichsimon mexanizm boʻyicha polimerlab olinadi. P. kislotalar, mineral va organik moylar, benzin va oksidlovchilar taʼsiriga chidamli. P. penoplast, kauchuk, yelim, plyonka, korroziyabardosh qoplama, sintetik tola olishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil