Kontent qismiga oʻtish

Polvon ota masjidi (Navoiy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Polvon ota masjidi
Muqobil nomlari Polvon ota masjidi

Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Polvon ota masjidi (Navoiy) — Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Masjidning hozirgi koʻrinishi XX asrning 90-yillarida bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Masjid toʻgʻri toʻrtburchakli boʻlib, uch tomoni ayvonli va ustunli qilib qurilgan. Yodgorlik bir nechta marotaba qayta qurilgan. Masjidning bir qismi qadimiy, bir qismi esa yangi binolardan iborat[1]. Ushbu masjid 710—720-yillarda arab sarkardasi Abu Muslim ibn Qutayba tomonidan bunyod etilgan. Uning taxallusi Polvon ota boʻlganligi sababli masjid shunday nomlangan. 1794-yilda yodgorlik masjid va madrasa sifatida foydalanilgan. 1920—1930-yillarda masjid taʼmirtalab holga kelib qolgan. 1956-yilda esa masjid omborxona sifatida foydalanilgan[2]. 1997-yilda masjid eshigi yangi oʻrnatilgan. Eshikda zikr kalimasi keltirilgan. Yozuv xati oʻziga xos uslubda bitilgan. Eshikda shunday yozilgan: „Allohni hamd aytish va ulugʻlash bilan poklayman“. Eshik yuqori qismida esa „Ey Allohim, bizlarga rahmating eshiklarini ochgin[3]“ deb yozilgan. Masjid ayvonida ustunlar boʻlib, kulrang marmardan yasalgan poyustunlar oʻrnatilgan. Bir ustunda qisqa yozuvlar saqlanib qolgan. Ushbu bitik nastaʼliq xatida yozilgan boʻlib, koʻpchilik yozuvlari oʻchib ketgan. Unda shunday yozuvlarni oʻqish mumkin: „Bu toshning egasi Qosim… ibn Nu… 1298 (1880—1881)[4]“. Polvon ota masjidi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch va ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, masjidda taʼmirlash ishlari olib borilgan.


  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 287.
  2. „Полвон ота жомеъ масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар:Навоий 2015, s. 288.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 291.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.