Pomir-Fargʻona kompleks ekspeditsiyasi
Pomir-fargʻona kompleks ekspeditsiyasi - sobiq SSSR Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilib, 1950—52 yillari faoliyat koʻrsatgan. A.N.Bernshtam rahbarligida tuzilgan bu ekspeditsiya oʻz oldiga Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va etnografiyasini oʻrganishni asosiy vazifa qilib olgan. Ekspeditsiya aʼzolari qadimdan yashab oʻtgan oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan aholi madaniyati, tarixiga doir muhim kashfiyotlar qildilar. Jumladan, qad. Oʻrta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida 2 xoʻjalik yuritish usuli (dehqonchilik va chorvachilik) boʻlganini arxeologik faktlar bilan isbotladilar. Ayrim koʻchmanchi xalqlar qad. tarixini oʻrganish aynan shu ekspeditsiya aʼzolari tomonidan boshlangan. Bu ekspeditsiya davriy jihatdan ham, hududiy tomondan ham keng qamrovli ish olib bordi, jumladan, Tyanshan, Pomir, Olay, Fargʻona kabi yirik geografik nuqtalarda ilk bor arxeologik va etnografik tadqiqotlar oʻtkazdi. Ayniqsa, qad. Fargʻona tari-xida maʼlum boʻlmagan jez va ilk te-mir davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirgi choragi — 1-ming yillikning 1yarmi) arxeologik yodgorliklarining ochilishi muhimdir. Bularga Chuyet shahri yaqinidagi Buonamozor, Andijon viloyati, Jalolquduq tumanidagi Dalvarzin, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Eylaton (miloddan avvalgi 6—3-asrlar), Marhamat shahri yaqinidagi Ming-tepa (miloddan avvalgi 4 — milodiy 3—4-asrlar) kabi arxeologik yodgorliklar kiradi. Bu yodgorliklar Oʻrta Osiyo tarixida mu-him ahamiyatga ega.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- BernshtamA. N., Istoriko-arxeologicheskiye ocherki Sentralnogo TyanShanya i Pamiroalaya, vip. 26, M.—L., 1952.
Boqijon Matboboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |