Popov joʻyakmevasi
Popov jo‘yakmevasi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Aulacospermum |
Oila: | Ziradoshlar |
Binar nomi | |
Aulacospermum popovii |
Popov joʻyakmevasi lotincha: Aulacospermum popovii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Ugom, Chatqol, Piskom togʻ tizmalari hududida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 40-50 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Ildizining yogʻonligi 1 sm. Ildizpoyasi bor. Ildiz bogʻzi qurigan barg bandlari bilan qoplangan. Poyasi baquvvat, shoxlangan, tik oʻsadi, yuzasi siyrak tuklar bilan qoplangan. Yopirma barglari patsimon boʻlingan, barg bandi ingichka qanotchali, toʻq yashil. Gullari ikki jinsli, soyabon toʻpgulda joylashgan. Soyaboni 10-18 ta shu’lali, eni 6-7 sm. Gultojibarglari och sariq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Avgust oyida gullab mevasi sentabrda yetiladi. Mevasi choʻziq yon tomondan siqilgan. Urug‘i va ildizpoyasi orqali koʻpayadi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka yoki toʻp hosil qilib oʻsadi. Dengiz sathidan 1600-2000 metr balandlikda togʻlarning shimoliy va shimoli sharqiy qismlarida, ohaktoshli yerlarda oʻsadi. Toshkent viloyati Gʻarbiy Tyan-Shan, Ugom, Chatqol, Piskom togʻ tizmalari hududida tarqalgan. Oʻsimlik faqat bir marta gullab meva berishi, urug‘ining unib chiqish foizi kamligi va maxsus ohaktoshli yerlarda oʻsishga moslashganligi sababli areali qisqarib ketgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Aulacospermum popovii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.