Porfirit
Qiyofa
Porfirit — tarkibida kvars boʻlmagan effuziv paleotip togʻ jinsi; andezitta oʻxshash. P.da 60—65% SiO2 boʻladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, baʼzan piroksenning yirik kristallari uchraydi. Tarkibiga qarab bazaltli, plagioklazli, piroksenli va boshqa turlarga boʻlinadi. Burmali va platformali oblastlardagi turli geologik yoshdagi yotqiziqlar orasida keng tarkalgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |