Kontent qismiga oʻtish

Porfirli struktura

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Porfirli struktura — togʻ jinslarining tuzilishi, bunda yirik, toʻgʻri qirrali kristallar (xol-xol jinslar) asosiy massa deb nomlanuvchi mayda donali jinslarning umumiy massasigachoʻkkan boʻladi. Porfirli strukturali togʻ jinslari effuziv va intruziv boʻlishi mumkin. Porfirli strukturali effuziv togʻ jinslarida asosiy massa tarkibidagi xol-xol zarralar bir meʼyorda boʻlmay-di va mikrolitlardan, yoxud shishadan iborat boʻladi. Porfirli strukturali intruziv togʻ jinslarida asosiy massa mayda kris-talli, granitsimon; shu sababli bunday jinslar granit-porfirl ar deb ham ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil