Kontent qismiga oʻtish

Pornografiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Pornografikdan yoʻnaltirildi)
Pornografik filmning posteri
Circular icon with the letters „xxx“
XXX reytingi pornografiyani bildiradi

Pornografiya (yunoncha: πόρνη (porne) – „fahsh“ va γράφω (grafo) – „yozaman“ soʻzlaridan) tomoshabin hirsini qoʻzgʻatish maqsadida jinsiy organlar yoki jinsiy aloqani tasvirlashdir. Pornografik materiallar turli vositalar, jumladan adabiyot, badiiy tasvir, fotografiya, haykaltaroshlik, video, film, tovush va videooʻyin asarlari shaklida tarqatiladi.

Pornografiya tayyorlanishi va tarqatilishi qator huquqiy va diniy normalar bilan chegaralangan.

Pornografiya (qisqacha porn yoki porno deb nomlanadi) jinsiy qoʻzgʻalish uchun moʻljallangan „rasm, video yoki matn kabi“ jinsiy mavzudagi material sifatida taʼriflangan[izoh 1]. Kattalar tomonidan tomosha qilish uchun moʻljallangan pornografiya tasvirlari qirq ming yil oldin gʻor rasmlarida virtual haqiqat taqdimotlari sifatida saqlangan. Kattalar uchun kontentning asosiy farqi pornografiya yoki erotika sifatida tasniflanishidadir.

Pornografik deb hisoblangan eng qadimiy artefaktlar Germaniyada 2008-yilda topilgan va ularning yoshi kamida 35 000 yil deb hisoblaniladi[izoh 2]. Erotik tasvirlar tarixi davomida turli odamlar bu holatni odobsizlik deya baholab ularni yoʻq qilishga, senzuraga yoki ularni noqonuniy qilishga urinishgan. Bunday asoslar va hatto pornografiyaning taʼrifi turli tarixiy, madaniy va milliy kontekstlarda turlicha boʻlgan. Hind sanskrit matni Kama Sutra (milodiy III asr) jinsiy xulq-atvorga oid nasr, sheʼr va rasmlarni oʻz ichiga olgan. Britaniya inglizcha matni Fanny Hill (1748), „birinchi asl ingliz nasriy pornografiyasi“ deb hisoblangan, eng koʻp taʼqib qilingan va taqiqlangan kitoblardan biri boʻlgan. 19-asr oxirida Thomas Edisonning oʻpish tasvirlangan filmi Qoʻshma Shtatlarda odobsiz holat deb qoralangan boʻlsa, Eugène Pirouning 1896-yilda suratga olingan „Bedtime for theBride (Kelin uchun uxlash vaqti)“ filmi Fransiyada juda yaxshi qabul qilingan. Yigirmanchi asrning oʻrtalaridan boshlab, odobsizlikning qonuniy taʼriflari cheklangan Gʻarb dunyosida jinsiy munosabatlarga nisbatan jamiyatning munosabati yumshoqroq boʻlgan. 1969-yilda Blue Movie Amerika Qoʻshma Shtatlarida keng kinoteatrlarda namoyish etilgan simulyatsiya qilinmagan jinsiy aloqani tasvirlaydigan birinchi film hisoblanadi. Shundan soʻng „Pornoning oltin davri“ (1969 – 1984) boshlangan. 20-asrning oxirida uy videosi va World Wide Webning joriy etilishi pornografiya biznesining global oʻsishiga sabab boʻldi. 21-asrdan boshlab Internetga kirishning kengayishi va arzon smartfonlar ishlab chiqarilishi pornografiyaning keng tarqalishiga imkon yaratdi.

Pornografiya munosabatlarda qoniqtirilmaydigan jinsiy istaklar uchun xavfsiz yoʻlni taʼminlash va sherigi boʻlmagan odamlarda jinsiy qoniqishga erishishda yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Bu jurnalistika bilan tenglashtirilgan, chunki ikkalasi ham nomaʼlum yoki yashirin tomonlarga qarashlikni taklif qiladi. Pornografiyadan foydalanish ijtimoiy media yoki video oʻyinlardan foydalanish kabi raqamli vositachilik bilan bogʻliq boʻlgan keng tarqalgan dam olish faoliyati hisoblanadi[izoh 3]. Pornografiyadan foydalanish motivlari fantaziya, odatiy foydalanish, kayfiyatni boshqarish yoki munosabatlarning bir qismi sifatida boʻlishi mumkin. Pornografiyani jinsiy taʼlim materiali deb hisoblaydigan odamlar oʻzlarining jinsiy hayotida prezervativlardan foydalanmaslik ehtimoli koʻproq ekanligi aniqlangan, bu esa jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarni (STI) yuqtirish xavfini oshiradi. Pornografik studiyalarda ishlaydigan ijrochilar koʻpchilikdan farqli oʻlaroq, STI uchun muntazam ravishda tekshiruv testlaridan oʻtadilar. Qiyosiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlar orasida pornografiyaga nisbatan yuqori bagʻrikenglik va isteʼmol qilish gender tengligini qoʻllab-quvvatlanishi bilan bogʻliq. Feministik guruhlar orasida baʼzilari pornografiyani zararli deb hisoblab, uni yoʻq qilishga intilishadi, boshqalari esa bu yaxshi ekanligini taʼkidlab, senzura harakatlariga qarshilik koʻrsatishadi. Longitudinal study shuni koʻrsatdiki, pornografiyadan foydalanish yaqin sheriklar zoʻravonligida tasir qiluvchi asosiy omil emas[izoh 4]. 2014-yilda boshlangan Pornografiya tadqiqotlari pornografik deb hisoblangan „mahsulotlar va xizmatlar“ni tanqidiy oʻrganishga bagʻishlangan birinchi xalqaro ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilgan akademik jurnal hisoblanadi.

Pornografik veb-saytlar dunyo boʻylab eng koʻp tashrif buyurilgan 50 ta veb-saytlar qatoriga kiradi. „Erotik vosita“ deb nomlangan pornografiya turli xil aloqa va ommaviy axborot vositalarini qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirishdagi asosiy rol oʻynaydi. Pornografiya sanoati innovatsiyalarni erta oʻzlashtirgani va moliyaviy kapital yetkazib beruvchisi sifatida ommaviy axborot vositalari bilan bogʻliq texnologiyalarni qabul qilish va ommalashtirishda hissa qoʻshadigan asosiy omil sifatida eʼtirof etilgan. Yigirma birinchi asrning boshlarida porno sanoatining aniq iqtisodiy hajmi nomaʼlum. 2015-yilda jahon bozoridagi baholar 97 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, AQSh daromadi 10 dan 12 milliard dollargacha baholanadi. 2020-yilda AQSh daromadi kamida 3,3 milliard AQSh dollariga yetgan deb taxmin qilingan. Yaponiyada pornografiya 2018-yilda 20 milliard dollardan ortiqroqqa baholangan. AQSh pornografiya sanoatida ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar bilan bir qatorda koʻplab ijrochilar bilan ham ishlaydi va oʻzining sohaga oid nashrlariga ega. Jumladan: XBIZ va AVN, savdo assotsiatsiyasi, soʻz erkinligi koalitsiyasi, kasaba uyushmasi, Voyaga yetgan ijrochilarni himoya qilish qoʻmitasi va mukofot shoulari, XBIZ mukofotlari va AVN mukofotlari. 2010-yillarning oʻrtalaridan boshlab, chuqur soxta pornografiya va qasos pornografiyasi kabi vijdonsiz pornografiya sohasining rivojlanishi tashvishli masalalardan biriga aylandi.

Etimologiyasi va tarifi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pornografiya soʻzi ikki qadimgi yunoncha soʻzlarning konglomeratidir: πόρνος (pórnos) „zinokorlar“ va γράφειν (gráphein) „yozish, yozib olish yoki tavsiflash“[4]. Yunon tilida pornografiya atamasi jinsiy faoliyatni tasvirlashni anglatadi[5], pornografiya atamasi birinchi marta qoʻllangan sana maʼlum emas. Eng qadimgi shu soʻz topilgan qoʻlyozma eramizning III asrida Afinaning Deipnosophists asarida πορνογράφος (pornographos) yaʼni „kimdir fohishalar haqida yozgan“ maʼnosida qoʻllangan[6].

Pornografiya soʻziga „yangi pornografiya“ kabi koʻrinishining eng qadimgi nashri 1638-yilga toʻgʻri keladi va Fleet gazeta sanoati tarixida Nataniel Butterga tegishli[4]. Zamonaviy pornografiya soʻzi 1842-yilda fransuzcha „pornographie“ soʻzi orqali koʻproq tanish boʻlgan yunoncha: pornographos shaklida kirib kelgan[7].

Porno atamasi pornografiyaning qisqartmasidir[5]. Mazkur atama πόρνη (pórnē) „fohisha“ yunoncha, dastlab pernanai kabi „sotib olingan, sotib olingan“, „sotish“ maʼnosini anglatib, proto-hind-yevropa tillari ildizidan olingan per- „topshirish“ — sotish harakati maʼnosida qoʻllangan[5].

Pornografiya soʻzi dastlab klassik olimlar tomonidan „fohishalar haqida yozish uchun kitobiy boʻlgan, shu sababli haqorat eb hisoblanilmaydigan atama“[8] sifatida ishlatilgan. Ammo uning maʼnosi tezda „sanʼat va adabiyotdagi eʼtirozli yoki odobsiz materiallar“ning barcha shakllarini qamrab olgan holatda kengaytirilgan[8]. 1864-yilda Webster lugʻati pornografiyaning maʼnosi sifatida „alohida rasm“[8] va Oksford inglizcha lugʻati: „odobsiz rasm“ (1842), „odobsiz narsalarning tavsifi, odobsiz nashr“(1977 yoki undan oldingi) sifatida tarifladi[9].

Termin XII asrda Fransiyada chiqqan Retif de la bretonn Nikolaning „Pornograf, yoki odobli odamning fohishalikning haqiqiy beadabligi haqida oʻylari“ kitobi tufayli yuzaga kelgan.

„Pornografiya“ atamasining taʼriflari xilma-xil boʻlib, ham pornografiya tarafdori, ham anti-pornografiya guruhlari odamlari tomonidan ijobiy yoki salbiy koʻrinishda taʼriflanadi[10]. Shunga qaramay, akademik tadqiqotchilar pornografiyani asosan isteʼmolchida jinsiy hissiyotlarni qoʻzgʻalishiga yordam berish uchun moʻljallangan va „hamma ishtirok etgan shaxslarning roziligi“ bilan yaratilgan va tijoratlashtirilgan „rasm, video yoki matn“ koʻrinishidagi jinsiy mavzudagi material sifatida taʼriflagan[izoh 1]. Hissiyotni qoʻzgʻatish asosiy maqsad hisoblanadi, material pornografik sifatida koʻrib chiqilishi uchun bu vazifani bajara olishi shart[4]. Baʼzi odamlar jinsiy qoʻzgʻalish uchun moʻljallanmagan tasvir yordamida xirsini uygʻotishi yoki aksincha, qoʻzgʻalish uchun aniq moʻljallangan materialni taʼsir koʻrsatmasligi sababli, pornografiya deb hisoblanishi mumkin boʻlgan ayrim materiallar subyektiv sifatida qaraladi[4].

Tarixda pornografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hindu ibodatxonalarida Kama tasvirlangan badiiy asar. Bu asarlarda uchrashuv, yaqinlikdagi ishqiy juftliklar (maithuna) yoki jinsiy pozitsiya tasvirlangan. Maʼnaviy dunyoqarash bilan qaralsa, jinsiy qoʻzgʻalish ilohiylikning gavdalanishini koʻrsatadi, deb ishoniladi.[izoh 5] Yuqorida: Hindiston va Nepaldagi ibodatxonalar (tax. 400 —  1400 CE).

Qadim zamonlarda pornografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hohle Fels Venerasi pornografik asarning qadimiy namunasidir. Taxminan olti santimetr balandlikda va mamont fil suyagidan oʻyib ishlangan artefaktning yoshi kamida 35 000 yil ekanligi taxmin qilinmoqda[izoh 2].

Pornografiya taʼrifi subyektiv boʻlgani sababli, pornografiyaning aniq tarixini tasavvur etib boʻlmaydi[11]. Pornografiya tarixchilar tomonidan murakkab madaniy shakllanish sifatida qaraladi[12]. Jinsiy tabiatning tasvirlari Venera haykalchalari va qoyatosh tasvirlarida koʻrinib turganidek, tarixdan oldingi davrlardan beri mavjud boʻlgan[13]. Turli sivilizatsiyalarda odamlar aniq jinsiy aloqani tasvirlaydigan asarlar yaratganlar. Bularga koʻpincha diniy va gʻayritabiiy mavzular bilan bogʻlangan boshqa narsalar qatori artefaktlar, musiqa, sheʼriyat va devoriy rasmlar ham kiradi[14]. Eng qadimiy artefaktlar, jumladan, pornografik deb hisoblangan Hohle Fels Venerasi eramizdan avvalgi 2008-yilda Germaniyaning Shtutgart yaqinidagi gʻordan topilgan, radiokarbon bilan aniqlash ularning yoshi kamida 35 000 yil, yaʼni Aurignacian davriga tegishli ekanligini koʻrsatadi[izoh 2].

Qadimgi Mesopotamiyada topilgan koʻplab artefaktlarda geteroseksual jinsiy aloqa aniq tasvirlangan[15]. Shumerlarning ilk sulolasi davridagi gliptik sanʼat koʻpincha missionerlik pozitsiyasida frontal jinsiy aloqa sahnalarini tasvirlagan[15]. Miloddan avvalgi II ming yillikning boshidan boshlab Mesopotamiya nazr lavhalarida odatda erkak ayolning somoncha bilan pivo ichgan chogʻida egilib uning orqasidan kirib kelish holati tasvirlangan[15]. Oʻrta Ossuriyaning qoʻrgʻoshin nazri haykalchalari koʻpincha qurbongohda turgan ayolning ichiga kirib turgan erkakni tasvirlaydi[15].

Erkak va ayol oʻrtasidagi jinsiy yaqinlikni tasvirlaydigan plitalar. Iroq, Eski Bobil davri (tax. 2000 —  1500 BCE)

Olimlar anʼanaviy ravishda bu tasvirlarning barchasini Hieros gamos (xudo va maʼbuda oʻrtasidagi qadimiy muqaddas nikoh) sahnalari sifatida talqin qilishgan, ammo ular Mesopotamiyaning jinsiy va muqaddas fohishalik maʼbudasi Inannaga sigʻinish bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin[15]. Ashshurdagi Inanna ibodatxonasida koʻplab shahvoniy tasvirlar, jumladan, erkak va ayol jinsiy aʼzolarining modellari topilgan[15].

Jinsiy aloqa tasvirlari qadimgi Misr rasmiy sanʼat asarlari umumiy repertuarining bir qismi boʻlmagan, ammo sopol parchalari va graffitilarda geteroseksual aloqaning ibtidoiy eskizlari topilgan[16]. Turin erotik papirusining (55001 papirus) soʻnggi uchdan ikki qismi, Deyr al-Madinada topilgan Misr papirus oʻrami[16] turli jinsiy pozitsiyalardagi erkak va ayollarni koʻrsatadigan oʻn ikki vinyetkadan iborat. Oʻram, Ramesside davrida (miloddan avvalgi 1292-1075) chizilgan. Papirusning yuqori badiiy sifati uning boy tomoshabinlar uchun yaratilganligini koʻrsatadi. Boshqa shunga oʻxshash oʻramlar hozircha topilmagan[16].

Arxeolog Nikolaos Stampolidisning taʼkidlashicha, qadimgi Yunoniston jamiyati sanʼat va adabiyot sohalarida jinsiy vakillikka nisbatan yumshoq munosabatda boʻlgan[17]. Yunon shoiri Sapphoning Afroditaga qasidasi (miloddan avvalgi 600-yil) lesbiyan sheʼriyatining eng qadimgi namunasi hisoblanadi[14]. Gretsiyada (miloddan avvalgi 530-yil) ixtiro qilingan qizil figurali sopol idishlarda koʻpincha erotizmni aks ettiruvchi suratlar tasvirlangan[18]. Miloddan avvalgi V asrda komiks Aristofan erkak jinsiy aʼzolarini tasvirlashning 106 usulini koʻrsatib, ayol jinsiy aʼzolarini 91 usulda tasvirlab bergan[17]. Lisistrata (miloddan avvalgi 411-yil) – qadimgi Yunonistonda sahnalashtirilgan jinsiy urush komediya spektakli hisoblanadi[19].

Qadimgi Yunonistonda (tax. 530 ) ixtiro qilingan qizil figurali kulolchilik sanʼat asarlarida erotik suratlar tasvirlagan.

Hindistonda hinduizm jinsiy aloqaga qiziquvchan munosabatni sanʼat va ruhiy ideal sifatida qabul qilgan[20]. Baʼzi qadimiy hind ibodatxonalari oʻzlarining sanʼat asarlariga jinsiylikning turli jihatlarini kiritganlar. Xajuraxo va Konarkdagi ibodatxonalar, ayniqsa, inson jinsiy faoliyatining batafsil tasviriga ega boʻlgan haykallari bilan mashhur[20]. Ushbu tasvirlar ruhiy nuqtai nazar bilan koʻrib chiqilgan, chunki jinsiy qoʻzgʻalish ilohiylik timsolini anglatgan[izoh 5].

„pornografiya baʼzan tanazzulga uchragan jamiyatning bir alomati sifatida tavsiflanadi. Ammo qadimgi hind ibodatxonalaridagi yunon vazalari yoki haykallari bilan tanish boʻlgan har bir kishi gʻayritabiiy jinsiy aloqalar, orgiyalar va har xil murakkab aloqalar oʻtmishda ming yillar davomida shakllanib kelganligini biladi. Sanʼatda bu holatlar hamma joyda tomoshabinning zavqi va ilhomi uchun atayin tasvirlangan. Sevgi haqidagi tasvirlar haqida oʻylash istagi insonda, ayniqsa, erkak psixikasida paydo boʻlgani aniq.“ — Tom Hodgkinson[4]

Kama jinsiy istakni ifodalash uchun ishlatiladigan soʻz boʻlib, Kama Sutra kabi hind adabiy asarlarida oʻrganilgan. U insonlarning uchrashishi va jinsiy aloqaning amaliy va psixologik jihatlari bilan bogʻliq[25]. Sanskrit tilidagi Kama sutra matni donishmand Vātsyāyana tomonidan milodiy III asrning ikkinchi yarmida toʻliq yozib tugatilgan[26]. Nasr, sheʼriyat, shuningdek, erotik sevgi va jinsiy xulq-atvorga oid rasmlarni oʻz ichiga olgan ushbu matnlar[14] Hindistonning eng mashhur erotik asarlaridan biri hisoblanadi[20].

Koka shastra – kamani oʻrgangan yana bir oʻrta asr hind asari hisoblanadi[20]. Jinsiy tabiatga oid sanʼat va adabiyotning boshqa namunalariga quyidagilar kiradi: Ars Amatoria (Sevgi sanʼati), Rim shoiri Ovidiyning vasvasa va shahvoniylik sanʼati haqidagi eramizning ikkinchi asrida yozilgan risolasi[11], Perudagi Moche xalqining artefaktlari (milodiy 100-800 yillar)[14], 14-asrda yashagan italiyalik yozuvchi Jovanni Bokkachchoning baʼzilari jinsiy xarakterga ega boʻlgan Dekameron qisqa hikoyalar toʻplami[11] va oʻn beshinchi asrda joyilgan arablarning jinsiy aloqa boʻyicha qoʻllanmasi The Parfumed Garden (Parfyumeriya bogʻi)[14].

Erta zamonaviy davrdagi pornografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pornografiya Oʻzbekistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda pornografik mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyat hisoblanadi. Buning uchun maʼmuriy va jinoiy jazo belgilangan. Bunday qilmishni sodir etish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 189-moddasiga va Jinoyat Kodeksining 130-moddasiga koʻra, eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Kommersiyalizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sex shops engaged in the sale of adult entertainment products helped in the overall commercialization of pornography.
Pornografiyani tijoratlashtirish
Pornografya

jurnallar

sanʼat asari

fotosurat

adabiyot

audio

internet

film/videolar

kattalar kinoteatrlari

animatsiya

seks shoplar

video oʻyinlar

(orqali tijoratlashtirilgan)
  1. Komlenac & Hochleitner 2022.
  2. Speed et al. 2021.
  3. Science & 13 May 2009.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 McNair 2013.
  5. 5,0 5,1 5,2 etymonline 2023.
  6. Liddell & Scott 1940.
  7. etymonline 2022.
  8. 8,0 8,1 8,2 Talvacchia 2010.
  9. OED 1989.
  10. McKee et al. 2020.
  11. 11,0 11,1 11,2 Jenkins 2023.
  12. Lubey 2022.
  13. Rudgley 2000.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 Tarrant 2016.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 15,5 Black & Green 1992.
  16. 16,0 16,1 16,2 Robins 1993.
  17. 17,0 17,1 Smith 2009.
  18. Pomeroy et al. 1999.
  19. Cartledge 2002.
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 Parrinder 1996.
  21. Rathus, Nevid & Fichner-Rathus 2018, s. 13.
  22. Parrinder 1996, s. 36-37.
  23. Chapple 2009, s. 329.
  24. Gita 1972, s. 377.
  25. Castleman 2013.
  26. Doniger & Kakar 2002.





Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found