Portal:Amerika Qoʻshma Shtatlari/Kirish
Qiyofa
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America), Qoʻshma Shtatlar yoki shunchaki Amerika — Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti — Vashington shahri, BMT aʼzosi. AQSh Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Maydoni 9 373 000 km², aholisi 333 000 000 kishi (2021).