Kontent qismiga oʻtish

Portal:Gruziya/Tanlangan maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Batumi (gruzincha: ბათუმი) — Gurjiston Respublikasidagi shahar (1878-yildan), Ajariya Respublikasi poytaxti (1921-yildan). Qora dengiz sohilidagi yirik port, kurort shahar va sanoat markazi. Boku — Batumi temir yoʻlning oxirgi stansiyasi. Janubda Turkiya bilan chegaradosh. Aholisi 152 839 kishidan ziyod (2014). Batumining iqlimi iliq, nam subtropik. Oʻrtacha yillik temperatura 14°, avgustda oʻrtacha temperatura 23°, yanvarda 6,4°; yyliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrta asrlarda Batomi deb yuritilgan. XVII-asrda Usmonli turklar saltanati tarkibiga kirgan. Berlin shartnomasiga koʻra 1875-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan.

Neft qayta ishlanadi, mashinasozlik (kemalar, neft va choy sanoati uchun jihozlar, transformator, elektrokar va boshqa ishlab chiqariladi), oziq-ovqat (choy, tamaki fabrikalari, sitrus mevalari mah-sulotlari kti va boshqalar), yengil (koʻn poyabzal va tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalari) sanoatlari rivojlangan. Texnik rezina buyumlari, kimyo-farmatsevtika, kofein zavodlari bor. Pedagogika instituti, 2 teatr, 2 muzey, akvarium-delfinariy bor. Batumi botanika bogʻida tropik va subtropik mintaqalarga xos oʻsimliklar oʻstiriladi. Shahar yaqinvda Maxinjauri, Zelyoniy Mis (Yashil burun), Sihisdziri, Kobuleti kurortlari joylashgan. (Full article...)