Kontent qismiga oʻtish

Portal:Oʻzbekiston/Intro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston gerbi
Oʻzbekiston gerbi
Dunyo xaritasidagi joylashuvi

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent shahri boʻlib, davlat tili oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978 km2. Aholi soni — 2022-yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston aholisi 36 milliondan oshdi. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 36 001 236 nafarni tashkil qilmoqda. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.