Portal munozarasi:Adabiyot
shuhrat sirojiddinov
[manbasini tahrirlash]Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori
Filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov 2016-yildan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori sifatida xizmat qilib kelmoqda. Bundan avval u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Falsafa va jahon madaniyati kafedrasi mudiri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuhrat Sirojiddinov Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti bitiruvchisi bo’lib, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Fanlar akademiyasi Samarqand filiali hamda Oksford islom tadqiqotlari markazida (Buyuk Britaniya) ham ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Taniqli navoiyshunos va matnshunos olim Shuhrat Sirojiddinovning 300 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari e’lon qilingan, jumladan, u 15 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 14 ta monografiya, 300dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. 2013-yil “Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili” monografiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Adabiyot sohasida I darajali Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuhrat Sirojiddinov Ozarbajon Fanlar akademiyasi faxriy doktori, Oksford Islom tadqiqotlari markazi faxriy a’zosi (Buyuk Britaniya), Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro assotsiatsiyasining hamraisi (Koreya), Yevroosiyo turkiy tadqiqotlar instituti ilmiy maslahatchisi (Koreya), shuningdek, O‘zbekiston-Amerika do‘stlik jamiyati raisidir. Erkinova06 (munozara) 04:43, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
[manbasini tahrirlash]Muhammad Yusuf — tarjimayi holi
[manbasini tahrirlash]Muhammad Yusuf 1954-yili 26-aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan.
Muhammad Yusuf bolaligidan adabiyotga qiziqqan. 1978-yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.
***
Nechun qulluq qilmay Andijonga men
– Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim.
Agar do‘stim bo‘lsa bitta u do‘stim –
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o‘t tushsin, etmasam yodlar –
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men.
Muhammad Yusufning ijodiy faoliyati
[manbasini tahrirlash]1976 — bo‘lajak shoirning talabalik yillarida yozilgan she’lari ilk bor “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida bosilgan.
1978– 1980 — respublika “kitobsevarlar” jamiyatida ishlagan.
1980– 1986 — poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida ishlat tajriba orttirgan.
1986–1992 — G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qiladi.
1992–1995 — “O‘zbekiston ovozi” gazetasida, O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)da xizmat qildi.
1997 – O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari
Muhammad Yusuf she’riy to‘plamlari
[manbasini tahrirlash]Muhammad Yusufning she’rlari matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo‘lsa-da, shoirning birinchi she’riy to‘plami 1985-yilda chop etilgan.
1985 — “Tanish teraklar” she’riy to‘plami. Ushbu to‘plamda turli mavzudagi she’rlar, asosan shoirning bolaligida eshitgan hikoya va ertaklari, o‘smirlik yillari, ona qishlog‘i mavzulari yoritilgan.
***
Kechagina qishloqdagi qizlar bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.
Qarashmasa, uylariga tunda kelib
Toshlar otib qochar edim — yarashlardi.
1987 - “Bulbulga bir gapim bor” she’riy to‘plami.
***
Ko‘nglim sezar endi buyog‘i ayon.
Do‘stlarim, do‘stlarim, baxtli bolaman!
Yo Toshkentda eng zo‘r shoir bo‘laman,
Yo qishloqqa qaytib ariq bo‘yida
Yalpizga suyanib, o‘lib qolaman 1988 yil — “Iltijo” she’riy to‘plami 1989 yil — “Uydagi qiz”, “Halima enam allalari” she’riy to‘plamlari 1990 yil — “Ishq kemasi” 1990 yil — “Ko‘nglimda bir yor” 1991 — “Bevafo ko‘p ekan” 1992 — “Yolg‘onchi yor”, “Erka kiyik”, 1998 — “Osmonimga olib ketaman”. Muhammad Yusuf “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari dostonlar yaratdi.
Shoirning “Vatanim”, “Xalq bo‘l, elim”, “Dunѐ”, “Inshoolloh”, “O‘zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o‘nlab she’rlari chop etildi.
1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga adabiy maslahatchi, 1997-yildan to umrining oxirigacha uyushma raisi o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
Muhammad Yusuf vafoti
[manbasini tahrirlash]Muhammad Yusuf 2001-yil 31-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog‘ida, yuzlab muxlislari bian uchrashuv paytida yurak xurujidan vafot etdi. Muhammad Yusuf Andijon viloyatida dafn etilgan.
Shoirning she’rlari uning vafotidan keyin ham chop etilgan. “Ulug‘imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo‘l, elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan.
***
Ol, deya bir kun Egam,
Osmonga uchsa ruhlarim.
Bir ajib moviy diyor,
Bo‘yini quchsa ruhlarim.
Ko‘k mening ko‘ksim bo‘lur
Yulduzlari anduhlarim.
Gul o‘pib, gul yopinib,
Har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni,
Navolarim zorim qolur...
Muhammad Yusuf shoira Nazira as-Salom bilan 1983-yilda turmush qurishgan. Ma’suda, Nozimaxon va Madina ismli 3 farzand ko‘rishgan.
1989 yilda "Uyqudagi qiz" nomli she’riy to‘plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.
1998 yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Vatanim
[manbasini tahrirlash]Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…
*** Feruza Sa'dullayeva (munozara) 04:44, 3-Oktyabr 2023 (UTC)