Kontent qismiga oʻtish

Portlovchi yulduzlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Portlovchi yulduzlar, eruptiv yulduzlar — fizik jihatdan oʻzgaruvchi yulduzlar sinfi. Ularda portlash jarayonlari (erupsiya) sodir boʻlishi natijasida ravshanligi gʻay-ritabiiy ravishda, koʻpincha kuchli oʻzgaradi. Portlovchi yulduzlarga oʻta yangi yulduzlar va boshqa oʻzgaruvchan yulduzlar taalluqli. Koʻpgina Portlovchi yulduzlarda chaqnash tashqi qatla-mini tashlash bilan va yulduzlarda gaz qobigʻi hosil boʻlishi hamda uning fa-zoda sochilishi bilan roʻy beradi. Bunday yulduzlarning ravshanligi 10—15 yul-duz kattaligigacha ortadi. Bunday hodisa fotosferaning katta (1000–2000 km/s) tezlikda toʻsatdan kengayishi bilan bogʻliq (yana qarang Yulduzlar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil