Kontent qismiga oʻtish

Portsmut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Portsmut - Buyuk Britaniyaning jan. qismidagi shahar, Xempshir grafligida. Aholisi 182,2 ming kishi (1990-yillar oxiri). Lamansh boʻgʻozidagi port. Kemasozlik va kema taʼmirlash, radioelektronika, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Koʻprik orqali Gosport shahri bilan bogʻlangan. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 12-asrda asos solingan. 12— 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil