Kontent qismiga oʻtish

Portugal tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Portugalchadan yoʻnaltirildi)
Portugal tili
Milliy nomi Língua portuguesa
Mamlakatlar Portugaliya
Braziliya
Angola
Kabo-Verde
Sharqiy Timor
Gvineya-Bisso
Makao
Ekvatorli Gvineya
San-Tome va Prinsipi
Mozambik
Rasmiylik holati Portugaliya
Braziliya
Angola
Kabo-Verde
Sharqiy Timor
Gvineya-Bisso
Makao
Ekvatorli Gvineya
San-Tome va Prinsipi
Mozambik
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 193 million
Turkumlanishi
Til oilasi Indoevropa tili
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 pt
ISO 639-2 por
ISO 639-3 por

Portugal tiliroman tillaridan biri. Portugaliya, Braziliyada, Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12— 14-asrlardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-asr boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hozirgi Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida oʻzaro farqlanadi); brazilcha variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys soʻzlari koʻplab uchraydi. Portugal tili ning afrikancha varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shimoliy Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli oʻzaro farqlanmaydi.

Portugal tilining fonetik qurilishi urgʻusiz boʻgʻinlarning, asosan, soʻz oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, shuningdek, burun unlilarining, ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farqlanadi. Hozirgi Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq oʻtgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.

Portugal tilidagi dastlabki adabiy yodgorlik va hujjatlar 12-asrga mansub. Hozirgi adabiy Portugal tili 16-asrda, Luish di Kamoens ijod qilgan davrda shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.