Kontent qismiga oʻtish

Portugaliyada prezidentlik saylovlari (2011)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2011-yilgi Portugaliyada prezidentlik saylovi 23-yanvarda boʻlib oʻtdi[1]. Saylovda qatnashish uchun olti nafar nomzod roʻyxatga olindi. Kutilganidek, saylovchilarning kam ishtiroki (46,63 %) bilan oʻng markazchi Anibal Kavako Silva mamlakatning barcha 18 okrugi hamda ikkala avtonom viloyat — Azor va Madeyrada gʻalaba qozonib, prezident etib qayta saylandi.

Portugaliya prezidentligiga nomzodni qoʻyish uchun alohida shartlar mavjud. Unga koʻra, 35 yoshdan oshgan har qanday fuqaro Portugaliya prezidentligiga nomzodini qoʻyishi mumkin. Saylovda ishtirok etish uchun 7500 dan 15 000 gacha imzo toʻplash va ularni Portugaliya Konstitutsiyaviy sudiga topshirish kerak.

Portugaliya konstitutsiyasiga koʻra, prezidentlikka saylanish uchun nomzod 50 %+1 miqdorda ovoz yigʻishi kerak. Agar hech bir nomzod, bu koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmasa, eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod oʻrtasida ikkinchi tur oʻtkaziladi.

Siyosiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilgi prezidentlik saylovlarida sobiq bosh vazir Anibal Kavako Silva oʻng markazdan yagona nomzod boʻlib, birinchi turda 50,5 % ovoz bilan gʻalaba qozondi.

Prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun jami 9 kishiariza topshirdi. Nomzodlarni koʻrsatish va imzo toʻplash 2010-yil 23-dekabr soat 16:00 gacha davom etdi. Nomzodlar va ular tomonidan toʻplangan imzolarni koʻrib chiqish 29-dekabrgacha boʻlib oʻtdi, shundan soʻng Prezidentlikka toʻqizda nomzoddan, olti nafar nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Moliyalashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyxatga olingan nomzodlar byudjetdan 3 834 000 yevro miqdorida subsidiyalar oldi. Ikkinchi turda esa 958,5 ming yevrodan ortiq qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi kerak edi[2]. Ajratilgan mablagʻlarning 20 % kamida 5 % ovoz olgan nomzodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi, qolgan 80 % esa barcha nomzodlar oʻrtasida olingan ovozlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Ovoz berish vaqtida Portugaliyada 9 629 630 ta saylovchi roʻyxatga olindi. Saylovda esa kamsonli, 4 million 489 ming 904 kishi (46,63 %) ishtirok etdi.

Unga koʻra:

  1. Anibal Kavaki Silva — 2 230 104 (52,94 %)
  2. Manuel Allegri — 831 959 (19,75 %)
  3. Fernando Nobre — 593 868 (14,12 %)
  4. Fransishku Lopes — 300 840 (7,14 %)
  5. Joze Manuel Koelo — 66 091 (1,57 %)

shundan, boʻsh saylov qogʻozlari — 191 159 (4,26 %) va haqiqiy boʻlmagan saylov qogʻozlari soni 86 543 (1,93 %) ni tashil etdi.

Izoh: a) 2011-yil 23-yanvar soat 23:00 gacha olingan natijalar (hisoblangan miqdorning 97,75 %)

  1. [BBCNEWS|Russkaya Slujba „Portugaliya vibiraet prezidenta v usloviyax krizisa“] (2011-yil 23-yanvar). 2022-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Despesas de campanha. Tribunal Constitucional (27 de dezembro de 2010). (port.)