Portugallar
Portugallar (oʻzlarini portugezish deb ataydilar) — xalq, Portugaliyaning asosiy aholisi (10,27 mln. kishiga yaqin). Umumiy soni 13,67 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Portugal tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, ka-toliklar. Katta yevropeoid irqining hind-oʻrta dengiz irqiga mansub. P. etnosining asosini eng qad. iberiy qabilalaridan boʻlgan luzitanlar tashkil etgan. P.ning tili va madaniyatiga (ayniqsa, mamlakat janubidagi aholiga) arab-barbar hukmronligi (8—13-asrlar) katta taʼsir qilgan. 12-asr oʻrtasida mustaqil Portugaliya davlati tashkil topgan. Rekonkista jarayonida (arablar bosib olgan hududlarni qaytarib olinishi) asta-sekin P. elati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻuloti — dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliqchilik. Zamonaviy P. koʻp tarmokli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |