Potap
Potap Aleksey Andreyevich Potapenko | |
---|---|
Tavalludi |
8-may 1981-yil |
Janrlar | contemporary R&B, hip hop, pop, rap |
Kasbi | qoʻshiqchi, musiqa prodyuseri, boshlovchi, rejissyor, ssenariychi, kompozitor, shoir, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, suv polosi hamda suzish boʻyicha murabbiy |
Faoliyat yillari | 1997-yildan hozirgacha |
Leybllar | MOZGI Entertainment |
Guruhlari |
VuZV (2000—2006), Potap i Nastya (2006—2017) Mozgi (2014) |
Fuqaroligi | Ukraina |
Turmush oʻrtogʻi | Nastya Kamenskix |
Veb-sayt | potapshow.biz |
Aleksey Andreyevich Potapenko (ukraincha: Олексій Андрійович Потапенко; 1981-yil 8-may, Kiyev) — Potap nomi bilan mashhur boʻlgan ukrainalik prodyuser, qoʻshiqnavis, rejissyor, ssenariynavis, bastakor, teleboshlovchi, suv polosi boʻyicha sport ustasi, Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2020)[1], 1+ 1 telekanalidagi Thev Voice vokal shousi murabbiyi, shuningdek, MOZGI Entertainment prodyuserlik markazining asoschisi[2]. „Potap i Nastya“, „Vremya i Steklo“, MOZGI kabi musiqiy guruhlarning aʼzosi va prodyuseri. Shu bilan birga 300 dan ortiq qoʻshiq yozgan va chiqargan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981-yil 8-mayda Kiyevda tugʻilgan. Otasi Andrey Alekseyevich Potapenko (1956-yil 17-yanvarda tugʻilgan) harbiy xizmatchi. Onasi Lyudmila Anatolyevna Potapenko (1958-yil 9-fevralda tugʻilgan) estafetada suvga shoʻngʻish boʻyicha jahon chempioni. Bolaligidan Aleksey suzish, keyin suv polosi bilan shugʻullangan va sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
Potap ikkita oliy maʼlumotga ega: birinchisi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi va suv polosi hamda suzish boʻyicha murabbiy (Ukraina Milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti); ikkinchisi iqtisodiyot fanlari, tadbirkorlik va audit magistri (Kiev milliy iqtisodiyot universiteti).
2022—2023-yillarda Barselonada boʻlganda Ukraina Qurolli kuchlarining hududiy mudofaa kuchlariga virtual shaklda qoʻshilgan .
Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yildan 200- yilgacha Potap „VuZV“ rap guruhining aʼzosi boʻlgan. Potapning „Na svoyey Volne“ qoʻshigʻi „Odin za vsex“ filmining saundtreki boʻladi, New’Z’Cool va XS guruhlari bilan birgalikda yozilgan Shtolnya qoʻshigʻi xuddi shu nomdagi birinchi ukrain dahshatli filmining rasmiy saundtreki boʻldi[3].
2006-yilda Anastasiya Kamenskix bilan birgalikda „Potap i Nastya“ duetini yaratadi, unda Potapenko prodyuser, ijrochi, soʻz va musiqa muallifi, rejissyor va video ssenariy muallifi boʻlgan. Duet xalqaro xitga aylangan „Ne para“ qoʻshigʻi bilan debyut qiladi[4]. Bir yil oʻtgach, Potapenko xit muallifi sifatida „Noviye pesni o glavnom“ festivalining laureati boʻldi[5]. 2008-yilda duet „Ne para“ albomini chiqaradi.
2009-yilda „Potap i Nastya“ guruhi „Ne lyubi mne mozgi“ deb nomlangan ikkinchi albomini chiqaradi, jumladan „Na rayone“[6], „Noviy god“[7], „Chipsi, chiksi, lavandos“[8] qoʻshiqlari albomdan joy olgan. Albomdagi eng mashhur kompozitsiya „Chumachechaya vesna“ qoʻshigʻi boʻlgan[9].
Potapenko va Kamenskix Oltin Gramafon, Yil qoʻshigʻi, RU.TV va Muz-TV mukofotlarini qoʻlga kiritadilar. „Yesli vdrug tebya ne stanet“[10] va „Mi otmenyayem kones sveta“[11] qoʻshiqlari „Dnevnik doktora Zaysevoy“ seriyalida ijro etilgan.
2013-yilda „Vsyo puchkom“ uchinchi albomi chiqdi. Xuddi shu nomdagi qoʻshiq Oltin Gramafon —2014 mukofotini oldi[12] va uzoq vaqt davomida musiqiy chartlarning eng yuqori pogʻonasida „Udi Udi“ qoʻshigʻi bilan boʻladi[13].
Guruh turli musiqa festivallarida sovrindor boʻlishgan. 2017-yilda „Potap i Nastya“ guruhi „Mahalliy shou-biznesga qoʻshgan hissasi va rivojlanishi uchun“ M1 faxriy mukofoti bilan taqdirlanishdi[14].
2014-yilda Mozgi loyihasi ishga tushirildi, unda Potapenko prodyuser, qoʻshiqnavis, bastakor, rejissyor va video ssenariy muallifi lavozimini egallaydi. 2015-yildan 2018-yilgacha MOZGI 5 ta nominatsiyada Yearly Ukrainian National Awards mukofotini va 4 ta nominatsiyada M1 Music Awards mukofotini qoʻlga kiritadi va ikki marta gʻolib chiqadi.
2017-yilda guruh aʼzolari oʻzlarining shaxsiy loyihalarini boshladilar. PTPning birinchi yakkaxon albomi „Speliye slivi EP“ 3-noyabrda chiqadi[15]. Potapenko koʻmagida Kamenskix „#etomoyanoch“ qoʻshigʻini[16], ukrain tilidagi birgalikda yozilgan „Trimay“[17], „Day mne“[18] qoʻshigʻini, ispan va ingliz tillarida Peligroso[19], LOMALA[20] va „ Popa, kak u Kim“[21] qoʻshiqlarini chiqarishadi. „Trimay“ yilning asosiy pop-xiti sifatida YUNA 2019 musiqa mukofotini oladi[22]. Peligroso Billboardning 25 ta eng yaxshi tropik qoʻshiqlar roʻyxatida olti hafta davomida boʻladi[23].
Prodyuserlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Potapenko MOZGI, " Vremya i Steklo " guruhlari, qoʻshiqchilar Mishel Andrade va INGRETga prodyuserlik qiluvchi „MOZGI Entertainment“ prodyuserlik markazini boshqaradi[24].
2019-yilda MOZGI guruhining „Polyube“ klipi[25] Berlin Music Video Awards mukofotiga nomzod boʻladi[26].
Saundtreklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Potapenko „Vikrutasi“ qoʻshigʻini xuddi shu nomdagi filmning saundtreki uchun yozgan[27].
2018-yilda „Bezminaya svadba“ filmi chiqadi[28]. Potapenko suratga olishda ishtirok etib, keyinchalik xitga aylangan ikkita kompozitsiyani oʻz ichiga olgan saundtrekni yozadi: Oleg Vinnik bilan duetda ijro etilgan „Naykrashiy den“[29] qoʻshigʻi hamda MOZGI Entertainment yulduzlari tomonidan „Promin“ qoʻshigʻi[30]. Ikkala kompozitsiya M1 2018 boʻyicha „Yil loyihasi“ mukofotiga nomzod boʻlgan.
Fuqarolik pozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil fevral oyida Potap Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi. 2022-yil mart oyida Rossiya bosqinini oqlayotgan Sergey Bezrukovni tanqid qilgan videomurojaatini eʼlon qiladi[31]. 2022-yil aprel oyida Potapga 50 yilga Rossiyaga kirish taqiqlanadi[32].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi xotini Irina Gorovaya (2000-yildan 2014-yilgacha), prodyuser. Er-xotin 5 yil birga yashamaydilar va 2014-yilda rasman ajrashishgan[33].
Oʻgʻli Andrey Potapenko (2008-yil 6-sentyabrda tugʻilgan).
Ikkinchi xotini Anastasiya Kamenskix (2019-yildan). Kamenskiy bilan munosabatlar haqidagi mish-mishlar 2010-yillarning boshlarida paydo boʻlgan, ammo rasman faqat 2019-yilda tasdiqlangan[34][35].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2005 — Odin za vsex
- 2008 — Krasnaya shapochka — boʻri
- 2010 — Novogodnie svati — kameo
- 2011 — Nebesnie rodstvenniki — kameo
- 2012 — Rjevskiy protiv Napoleona — bezori
- 2013 — 1+1 Doma — kameo
- 2013 — Zaysev + 1 — boshlovchi
- 2018 — Bezumnaya svadba — Yevlampiy ota
- 2020 — Bezumnaya svadba 2 — Yevlampiy ota
- 2021 — Bezumnaya svadba 3 — Yevlampiy ota
Videokliplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Potap — Shivorot navivorot (2005)
- Potap — Na svoey volne (2005)
- Potap i Nastya — Bez lyubvi (2006)
- Potap, New’Z’cool, Yugo — Klub (2006)
- Potap i Nastya — Nepara (2007)
- Potap i Nastya — Krepkie oreshki (2007)
- Potap i Nastya — Vnature (2007)
- Potap, Dyadya Vadya, Yugo — Natasha (2007)
- Potap i Nastya — Razgulyay (2008)
- Potap, Dyadya Vadya, Yugo — Ya pomnyu (2008)
- Potap, dyadya Vadya, Yugo — Ruki Vverx(2008)
- Potap i Nastya — Pochemu (2008)
- Potap i Nastya — Na raYone (2008)
- Potap i Nastya — Ne lyubi mne mozgi (2009)
- Potap i Nastya — Noviy god (2010)
- Potap feat. New’Z’cool, Dyadya Vadya, Yugo — Kachaem (2010)
- Potap i Nastya — Kray mi e river (2010)
- Potap i ego komanda — Leto (2010)
- Potap i ego komanda — More penitsya (2010)
- Potap i Vera Brejneva — Pronto (2010)
- Potap i Nastya — Vikrutasi (2011)
- Potap i Nastya — Chumachechaya vesna (2011)
- Potap i Nastya — Mi otmenyaem K. S. (2011)
- Potap i Nastya — Yesli vdrug (2011)
- Arkadiy Laykin — Layki (2012)
- Potap i Nastya — Prileleto (2012)
- Potap i Nastya — Uleleto (2012)
- Potap i Nastya — Awesome Summer (2012)
- Potap i Nastya — Lyubov so skidkoy (2012)
- Vremya i Steklo feat. Potap — Sleza (2012)
- Arkadiy Laykin feat. Pozitiv — Seksualniy (2013)
- Arkadiy Laykin — Malimenya (2013)
- Potap i Nastya — RuRuRu (2013)
- Potap i Nastya — Vmeste (2013)
- Potap i Nastya — Vsyo puchkom (2013)
- Potap i Nastya — Udi Udi (2014)
- Mozgi — Ayabo (2014)
- Mozgi — Xlam (2014)
- Mozgi — Nojompo (2015)
- Potap i Nastya — Bumdiggibay (2015)
- Mozgi — Xit moego leta (2015)
- Potap i Nastya feat. Byanka — Stil sobachki (2015)
- Mozgi — Vertolyot
- Potap i Nastya — Umami (2016)
- Potap i Nastya — Zolotie kiti (2016)
- Potap i Nastya — Ya……Ya (Yadovitaya) (2017)
- Mozgi — Atyatya (2017)
- PTP feat. PZT — Malibu (2017)
- Mozgi — Ale Ale (2018)
- Mozgi — Vlajniy plyajniy dvij (2018)
- Mozgi — Polyube (2018)
- Mozgi — Digitalization (2019)
- Mozgi — Chooyka (2019)
- PTP — Konstanta (2019)
- Mozgi — 999 (2019)
- Mozgi — Space Sheeps (2019)
- PTP —China (2019)
- Mozgi — SV2 [z k/f „Skajene Vesillya 2“]
- Potap, Oleg Vinnik i Olya Polyakova — Svyat! Svyat! Svyat!
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2004 — Potap — „Na svoey volne ili ano kaneshno potomusho shoj“
- 2006 — Potap — „Na drugoy volne ili ano kaneshno potomusho shoj“
- 2008 — Potap i Nastya — „Ne para“
- 2008 — Dyadya Vadya, Potap, Yugo — „Mi bogache…“
- 2009 — Potap i Nastya — „Ne lyubi mne mozgi“
- 2013 — Potap i Nastya — „Vsyo puchkom“
- 2015 — Potap i Nastya — „Shit i Myach“
- 2015 — Mozgi — „Elektroshaurma“
- 2016 — Mozgi — „Bar“
- 2017 — Mozgi — „Na Belom“
- 2017 — PTP — „Spelie slivi“
- 2019 — PTP — „MISHA/“
- 2019 — Mozgi — „Middle Finger“
- 2019 — PTP — „/NINA“
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента України № 254/2020 від 27 червня 2020 року «Про відзначення державними нагородами України з нагоди Дня Конституції України»“. 2022-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „MOZGI Entertainment“. mozgient.com. 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ AnaPki86. „ВУЗВ feat. XS - Штольня“ (2008-yil 5-noyabr). 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Не пара“ (2009-yil 28-may). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „Концерт «Новые песни о главном» 2008: актёры, время выхода и описание на Первом канале / Channel One Russia“. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - На раЁне“ (2009-yil 28-may). 2020-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ muzalley. „Потап и Настя Каменских «Новый Год»“ (2010-yil 7-yanvar). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Чипсы, чиксы, лавандос (Село)“ (2010-yil 15-sentyabr). 2021-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Чумачечая Весна“ (2011-yil 17-mart). 2019-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Если вдруг“ (2011-yil 6-noyabr). 2020-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Мы отменяем К.С.“ (2011-yil 20-iyun). 2021-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Все пучком“ (2013-yil 22-oktyabr). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Уди Уди“ (2014-yil 14-avgust). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ tv.ua. „M1 Music Awards 2017: назван полный список победителей“ (ru). tv.ua (2017-yil 11-dekabr). 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ ПТП. „ПТП feat. ПЗТ - Малибу“ (2017-yil 2-noyabr). 2022-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK | NASTYa KAMYeNSKIX — #ETOMOYaNOCh“ (2017-yil 2-noyabr). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK | NASTYa KAMYeNSKIX — TRIMAY (LYRIC VIDEO)“ (2018-yil 31-may). 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK | NASTYa KAMYeNSKIX — DAY MNYe (PRYeMYeRA KLIPA 2018)“ (2018-yil 22-mart). 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK — PELIGROSO [OFFICIAL LYRIC VIDEO“] (2018-yil 20-sentyabr). 2020-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK | NASTYa KAMYeNSKIX — LOMALA [OFFICIAL VIDEO 16+“] (2018-yil 11-oktyabr). 2022-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ NKofficial. „NK | NASTYa KAMYeNSKIX — POPA KAK U KIM (OFFICIAL VIDEO)“ (2019-yil 14-fevral). 2019-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „Музыкальная премия YUNA-2019 в Украине: список победителей - Lifestyle 24“ (en). 24 Канал. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „Новости“ (ru). NK. 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „MOZGI Entertainment“. mozgient.com. 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ MOZGI. „MOZGI - Полюбэ“ (2018-yil 19-oktyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „Психоделический клип MOZGI номинирован на Berlin Music Video Awards 2019“ (ru). ТСН.ua (2019-yil 2-aprel). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ Потап и Настя. „Потап и Настя - Выкрутасы“ (2011-yil 12-fevral). 2014-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „Безумная свадьба установила новый кассовый рекорд в истории украинского кино“ (ru). 112ua.tv. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ MOZGI Entertainment. „Потап & Олег Винник - Найкращий день [OST Скажене Весілля“] (2018-yil 13-sentyabr). 2019-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ MOZGI Entertainment. „All stars MOZGI Ent. - Промінь [Lyric Video“] (2018-yil 10-may). 2020-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-may.
- ↑ „"Русские нам не братья, а враги": Потап ответил Сергею Безрукову, прочитавшему стихотворение Пушкина "Клеветникам России". ВИДЕО“ (ru). Девятый канал (2022-yil 28-mart). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-aprel.
- ↑ Lobode, Potapu i Serdyuchke zapretili vʼezd v RF na 50 let
- ↑ „Потап два года скрывал развод | StarHit.ru“ (ru). www.starhit.ru. 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Потап рассказал о романе Насти Каменских | Novosti 116“ (ru). 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-fevral.
- ↑ „37-летний Потап впервые подтвердил, что у него роман с 31-летней Настей Каменских“ (en). Вокруг.ТВ. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.