Kontent qismiga oʻtish

Potensiometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Potensiometr (potensial va ... metr) — 1) magnit P. — magnit may-don kuchlanganligi, yaʼni 2 nuqta ora-sidagi potensiallar farqi (yoki magnit yurituvchi kuch) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Bikr (qattiq) va egiluvchan (qayishqoq) xillari bor; 2) elektr zanjiridagi e. yu. k. yoki kuchlanishni oʻlchash uchun moʻljallangan elektr asbobi. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydigan, elektron avtomat xillari bor. P. tarki-biga qarshilik, galvanometr va normal element (galvani elementi) kiradi; 3) elektr zanjirining kirish qismiga kuchlanishning maʼlum qismini (qarshilikni) tekis rostlab beradigan asbob. Kuchlanish taqsimlagichi deb ham ataladi. Radiotexnika, elektrotexnika, oʻlchash texnikasi, avtomatik tizimlar va boshqalarda ishlatiladi; 4) avtomatik elektr oʻlchash kompensatori.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil