Kontent qismiga oʻtish

Pozitsiya (tilshunoslik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pozitsiya (tilshunoslikda) — fonologik P., fonemaning unga xos semiologik (farqlash) vazifani belgilashda asos boʻluvchi holati; fonemaning bevosita qurshovi, uning soʻz tarkibidagi oʻrni, urgʻuga nisbatan hola-tini qamrab oladi. Fonologik P.ning kuchli va kuchsiz turlari farqlanadi. Fonemaning oʻz farqlash vazifasini bajarishi uchun kulay pozitsiya kuchli P. deyiladi (mas, zoʻr va soʻr soʻzlari boshidagi undosh kuchli P.da-dir). Fonemaning oʻz farqlash vazifasini bajarishi uchun noqulay pozitsiya kuchsiz P. deyiladi (mas, rizq soʻzidagi z undoshi kuchsiz P.da, chunki uni s undoshidan farqlash qiyin).

Azim Hojiyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil