Kontent qismiga oʻtish

Pragmatika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pragmatika (yun. pragma, pragmatos — ish, harakat) — semiotika va tilshunoslikning nutqda til belgilarining amal qilishini oʻrganuvchi sohasi; boshqacha aytganda, muayyan belgilar tizimini oʻzlashtirib, undan foydalanuvchi subʼyektlarning ayni shu belgilar tizimiga munosabatini oʻrganuvchi fan tarmogʻi. P. haqidagi asosiy gʻoya amerikalik olim Ch. Pirs tomonidan oʻrtaga tashlangan; yana bir amerikalik olim Ch. Morris ushbu gʻoyani rivojlantirgan va "P." terminini semiotika boʻlimlaridan birining nomi sifatida amaliyotga kiritgan.

P. insonning ijtimoiy faoliyatini oʻzida qamrab oluvchi nutq jarayo-ni, muayyan aloqa vaziyati orqali namoyon boʻladi. Lingvistik P. aniq shakl, tashqi koʻrinishga ega emas; uning do-irasiga soʻzlovchi subʼyekt, adresat, ularning aloqa-aralashuvdagi oʻzaro munosabatlari, aloqa-aralashuv vaziyati bilan bogʻliq koʻplab masalalar ki-radi. Mas, nutq subʼyekti bilan bogʻliq holda quyidagi masalalar oʻrganila-di: bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (biron-bir axborot yoki fikrni yetkazish, soʻroq, buyruq, iltimos, maslahat vaʼda berish, uzr soʻrash, tabriklash, shikoyat va boshqalar); nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari; suhbat, soʻzlashish qoidalari; soʻzlovchining maqsadv; soʻzlovchi tomonidan adresatning umumiy bilim jamgʻarmasi, dunyoqarashi, qiziqishlari va boshqa hislatlariga baho berilishi; soʻalovchining oʻzi bayon qilayotgan xabarga munosabati kabilar. P.da nutq adresati, oʻzaro aloqaga kiruvchilarning munosabatlari, muayyan aloka vaziyati singari omillar bilan bogʻliq qolda qam koʻplab masalalar oʻrganiladi. P. gʻoyalari evristik (yoʻnaltiruvchi) dasturlash, mashina tarjimasi, informatsion-qidiruv tizimlari va boshqalarni ishlab chiqishda qoʻllanadi.

Abduvahob Madvaliyev, Yoʻldosh Solijonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil