Prandtl Lyudvig
Qiyofa
PRANDTL (Prandtl) Lyudvig (1875.4.2, Frayzing, Bavariya — 1953.15.8. Gyottingen) — mexanika sohasidagi nemis olimi, amaliy gidroaeromexanika ilmiy maktabining asoschisi. Myunxendagi Oliy politexnika bilim yurtini tamomlagan. Gannoverdagi Oliy texnika bilim yurti professor (1901-yildan), Gyottingen universiteti professor (1904-yildan). Gyottingendagi gidroaerodinamika instituti direktori (1925—47). Ilmiy ishlari elastiklik va plastiklik nazariyasi, gidroaeromexanika, gaz dinamikasi va dinamik meteorologiyaga oid. Qanotning aerodinamik nazariyasini rivojlantirgan, gaz oqimida issiqlik uzatish muammosi masalalarini tekshirgan, suyuklik va gazlarda sodir boʻladigan issiqlik jarayonlariga taalluqli oʻxshashlik mezonini topgan (P. soni).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gidroaeromexanika [rus. per.], M., 1951.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |