Kontent qismiga oʻtish

Preferensiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Preferensiya (lot. praeferentia – afzal koʻraman) – biror bir faoliyat turini qoʻllab quvvatlash uchun ayrim davlatlar, korxonalar, tashkilotlarga beriladigan afzalliklar, imtiyozlar. Soliqlarni kamaytirish, bojxona bojlaridan tashlamalar, toʻlovlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar taqdim etish shakllarida amalga oshiriladi. Preferensiya davlat tomonidan beriladi va aniq manzilli harakterga ega boʻladi. Davlatlararo munosabatlarda Preferensiya ham oʻzaro, ham bir tomonlama tartibda boʻlishi mumkin[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil