Kontent qismiga oʻtish

Prekmurska gibanica

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prekmurska gibanica
Turi Qatlamli pirojnoe, gibanica
Asosiy komponentlari un, koʻknori urugʻlari, yongʻoq, olma, mayiz va kvark

Prekmurska gibanica (Prekmurje qatlamli pirojnoyesi) — sloven gibanicasi yoki qatlamli pishiriqning bir turi[1]. Uning tarkibida koʻknori urugʻi, yongʻoq, olma, mayiz va kvark kabi mahsulotlar mavjud. Prekmurjeda mashhur boʻlgan bu yegulik Sloveniyaning milliy mahsulotiga aylanib ulgurgan. Noyob shirinlik bu mintaqadagi qishloq xoʻjaligining xilma-xill hayot tarzini oʻzida namoyon etadi. Gibanica nomi guba dialekt iborasidan kelib chiqqan va pishiriqdagi burmalarga ishora qiladi.

Asrlar davomida prekmurska gibanica Prekmurje hududida bayramona taom va turli marosimlar uchun maxsus pishiriladigan shirinlik sifatida tayyorlanib kelingan. Retseptning aniq kelib chiqishi maʼlum emas. Ilk manbalar uning retsepti asrlar davomida rivojlanganligini koʻrsatadi. József Kossics tomonidan saqlanib qolingan eng qadimgi hujjat: Croaten und Wenden in Ungern kitobida (1828) yozilishicha, Sloveniyada toʻy hech qachon gibanikasiz (Prekmurje lahjasi: gostüvanje) oʻtkazilmasligi aytiladi. Taomning tayyorlanilishi quyidagicha amalga oshiriladi: „Xamir yupqa holatda yoyiladi, mayda toʻgʻralgan karam, sholgʻom yoki kvark aralashtirilib, yoyilgan xamir ustiga sepiladi. Uning usti boshqa bir yupqa qilib yoyilgan ikkinchi xamir qatlami bilan qoplanadi, soʻngra avvalgi jarayon qaytarilib, 10 yoki 11 ta qatlam hosil qilinadi. Natijada tort koʻrinishidagi pishiriq hosil boʻladi“[2].

Sloveniya Prekmurska gibanica taomiga egalik qilishi uchun 2006-yil Yevropa kunida, Yevropa Ittifoqiga Avstriyaning Café Europe nomli madaniy tashabbusidagi taklifiga binoan tanlangan. 2010-yil mart oyidan beri prekmurska gibanica Yevropa Ittifoqida anʼanaviy mutaxassislik kafolat taomi sifatida himoyalangan[3].

  1. Bogataj, Janez. Taste Slovenia. Slovenian Tourist Board — 12-bet. Andoza:COBISS. Qaraldi: 2012-yil 9-iyul.  (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan)
  2. Taste Slovenia. Bogataj Janez, 2007. Rokus Gifts. ISBN 978-961-6531-39-9
  3. Prekmurska gibanica — Profile, European Commission (Accessed 2021)