Pretsessiya
Pretsessiya (lot. praecessio — oldinda harakatlanish) — qattiq jism (mas, giroskop) aylanish oʻqining tortish kuchi taʼsirida konus shaklini chizib asta-sekin harakatlanishi. Shu oʻq ayni paytda nutatsion tebranma harakatlanishi ham mumkin (qarang Nutatsiya). Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi bilan bogʻliq P. Yer aylanish oʻqining ekliptika oʻqiga taxminan 23,5° burchak os-tida ogʻmaligi sababli (Yerga, asosan, Quyosh va Oyning gravitatsion taʼsiri ostida) kelib chiqadi. Buni Oy — Quyosh P.si deyiladi. Natijadaolam qutbi ekliptika qutbi atrofida aylanma harakat qilib, 26000-yilda bir marta toʻla aylanib chiqishi hisoblangan (rasmga q.). P.ni Gipparx miloddan avvalgi 2-asrda kashf etgan. P.ning kelib chiqishida boshqa sayyoralarning taʼsiri nihoyatda kam. Quyosh va Oy Yerning ekvatorial sohalariga koʻproq, ekvatordan uzoq sohalariga kamroq taʼsir koʻrsatishi Yerning aylanish oʻqini burilib hara-katlanishga olib keladi. Shu sababli bahorgi (kuzgi) tengkunlik nuqta Quyoshning koʻrinma harakatiga qaramaqarshi tomonga yiliga 50,37" ga sil-jib boradi. Shu sababli Quyosh har yili baxrrgi tengkunlik nuqtaga 20 minut oldin yetib keladi. P. oqibatida yul-duzlar osmonining sutkali aylanish manzarasi ham asta-sekin oʻzgarib boradi. Bundan 4600-yil oldin olam qutbi Ajdaho yulduz turkumidagi a yulduzi yaqinida joylashgan boʻlsa, endi bu nuqta hozirgi Qutb yulduzi, yaʼni Kichik Ayiq yulduz turkumining a yulduzi yaqiniga kelib qolgan. Yana 2000-yildan keyin Sefeya yulduz turkumining u yulduzi olamning qutb yulduzi boʻlib qoladi. 12000-yildan keyin esa qoz. Qutb yulduzidan 5 G yirokda joylashgan Lira yulduz turkumining a yulduzi — Vega qutb yulduziga aylanadi. Bahorgi tengkunlik nuqta ekvatorial va eklip-tikal koordinatalar sistemasining boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi. Shu sababli uning gʻarb tomonga muntazam siljib borishi hamma yulduzlarning ekliptikal uzunlamasini har yili 50,26" ga oʻzgartirib, ekliptikal kenglamasiga taʼsir qilmaydi. Bu hol P.ni ekliptika tekisligiga taʼsir etmasligini koʻrsatadi. Lekin P. taʼsirida xdmma yulduzlarning ekvatorial koor-dinatalari, yaʼni toʻgʻri chiqishi va ogʻmaligi muntazam oʻzgarib boradi. Na-tijada yulduzlar osmonining manzarasi Yerdagi har bir joyda maʼlum tarzda oʻzgarib boradi. Shuning uchun yulduz jadvallarida yoki shunga oʻxshash roʻyxatlarda yoritqichlarning koordinatalari koʻrsatilganda bu koordinatalar qaysi yilga, aniqrogʻi qaysi bahorgi tengkunlikka tegishliligini koʻrsatish kerak boʻladi. Yulduzlarning ekvatorial koordinatalari oʻzgarishi tezligi ularning osmon sferasidagi vaziyatlariga bogʻliq. Masalan, olam qutbiga yaqin joylashgan yulduzlarning toʻgʻri chiqishlari juda qisqa vaqt ichida ham sezilarli oʻzgaradi. Jumladan, hozirgi Qutb yulduzining toʻgri chi-qishi 10 yilda bir gradusga oʻzgaradi. Bundan tashqari, baxrrgi tengkunlik nuq-tasining siljib borishiga katta sayyo-ralar ham bir oz taʼsir koʻrsatadi, uni sayyoralar P.si deyiladi. Bu hodda Yerning siqiqligi, yaʼni shar shaklida emasligi ahamiyat kasb etmaydi. Sayyoralar fakat Yer orbitasini bir oz oʻzgar-tiradi va natijada ekliptika tekisligi vaziyati, binobarin, ekliptika qut-bining yulduzlarga nisbatan vaziyati oʻzgaradi. Sayyoralar sodir etadigan P. na-tijasida bahorgi tengkunlik nukta yiliga sharqqa tomon 0,114’ ga siljiydi. Oy — Quyosh va sayyoralar taʼsirida kelib chiqadigan P.lar yigʻindisi umumiy P. deyiladi. Hozir umumiy P. taʼsirida olam qutbi Qutb yulduziga yaqinlashib kelmoqda. 2100-yilda ular orasidagi masofa 28’ ni tashkil etadi (hozir bu masofa Gga yakin), keyin ortib boradi. Yerning aylanish oʻqi oʻrtacha vaziyatiga nisbatan yana kichik tebranishlarga ham ega. Buni Yer oʻqining nutatsiya harakati deyiladi. P. kattaliklari yulduzlarning xususiy harakatlarini statistik tahlil qilish asosida aniklanadi va tekshirib boriladi. Bunda yulduzlarning fazodagi Quyosh harakati va Galaktikamizning aylanishi sababli siljishlari ham hisobga olinadi. Shuning uchun umumiy P. kattaliklari jadvallar koʻrinishida maxsus astronomik yilnomalar yoki kalendarlarda eʼlon qilinadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bakulin P. I. va boshqa, Kurs obshey astronomii, M., 1970; Podobed V. V., Nesterov V. V., Obshaya astronomiya, M., 1983.
Abdusalom Latipov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |