Kontent qismiga oʻtish

Primorye oʻlkasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Primorye oʻlkasi - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi oʻlka. 1938-yil 20 oktabrda tuzilgan. Uzok, Shark, federal okrugiga kiradi. Rossiyaning chekka jan.-sharqiy Femida, Primoryeda joylashgan, Yapon dengizi bilan oʻralgan. Gʻarb va jan.-gʻarbdan Xitoy va KXDR bilan chegaradosh. Maydoni 165,9 ming km². Aholisi 2068,2 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 78,3%. Markazi — Vladivostok shahri Boshqa yirik shaharlari — Naxodka, Ussuriysk, Artyom, Bolshoy Kamen, Arsenyev, Partizansk, Spassk-Dal-niy, Dalnegorsk, Dalnerechensk.

Primorye oʻlkasi Uzoq Sharqning jan. qismida joylashgan. Kirgoklari janubida juda parchalangan. Qoʻltiklaridan eng yirigi — Ulugʻ Pyotr qoʻltigʻi. Yirik orollari: Rus, Popov, Putyatin, Askold. Oʻlkaning markaziy qismini Sixotealin togʻlari egallagan (balandligi 1855 m gacha, Oblachnaya choʻqqisi), gʻarbida Ussuri va Xanka koʻli boʻyi payettekisliklari mavjud. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, polimetall rudalar, oltin, qalay, grafit, qurilish materiallari konlari mavjud. Iqlimi moʻʼtadil mussonli iqlim. Qishi sovuq, qisqa. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi sohilda — 12°dan —14° gacha, ichki rayonlarda —20°dan —27°gacha, eng past temperatura yanvar

da: Vladivostokda — 30°, oʻlkaning ichki qismlarida —40° dan —45° gacha. Yozi seryomgʻir, tez-tez siklonlar boʻlib turadi. Yezda eng yuqori temperatura 40°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 14—21°. Yiliga 600–900 mm yogʻin tu-shadi. Qirgʻoq boʻylab sovuq oqim oʻtganidan, sohilda uzoq vaqt tuman boʻlib turadi. Yoz oxiri va kuzda tez-tez tay-funlar qam boʻlib oʻtadi. Vegetatsiya davri oʻlka shimolida 120 —130 kun, janubida 160—200 kun. Eng yirik daryosi — Amur, uning irmoqlari: Ussuri, Bikin, Krilovka, Arsenyevka va boshqa Daryolardan sholipoyalarni sugʻorishda foydalaniladi. Janubi-gʻarbida yirik Xanka kuli bor. Asosan, qoʻngʻir oʻrmon va qoʻngʻirtayga podzol tuproqlari, tekisliklarda qoʻngʻir podzol va oʻtloqi-qoʻngʻir podzollashgan tuproqlar, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Pasttekisliklar va daryo vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Oʻlka hududining 90% i oʻrmon. Xanka boʻyi pasttekisligida botqoqliklar bor.

Hayvonot dunyosi turlarga boy. Tuyoqlilardan: goral, xoldor bugʻu, izyubr, yelik, kabarga, los, qobon va boshqa; yirtqichlardan ussuri yoʻlbarsi, silovsin, qoplon, boʻri, ayiq, sobol, yenotsimon it, ussuri mushugi, tulki, kolonok, qunduz, rosomaxa va b: kemiruvchilardan tiyin, yovvoyi quyon, burunduk, polyovka va boshqa yashaydi. Moʻynali hayvonlar va bugʻu ovlanadi. Suv havzalarida 100 dan ziyod balik, turi uchraydi. Oʻlka hududida Sixotealin, Lazo, Uzoq Sharq dengiz qoʻriqxonalari, Kedrovaya Pad, Ussuri, Xanka qoʻriqxonalari joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: balik ovlash va uni qayta ishlash, "Dalmoreprodukt", "Primorribprom" korxonalari, tral va refrijerator flo-tining Vladivostok bazasi, mashinasozlik va metallsozlik (aviasozlik, kemasozlik va kema taʼmirlash); oʻrmon va yogʻochsozlik, rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, kumir, yengil, oziq-ovqat sanoatlari. Artyom, Partizansk, Primorsk issiqlik elektr styalari faoliyat koʻrsatadi. Asosiy sanoat markazlari — Vladivostok, Naxodka, Ussuriysk, Spassk-Dalniy, Arsenyev, Dalnegorsk shaharlari.

K-x.da, asosan, bugʻdoy, sholi, suli, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Bogʻdorchilikda olxoʻri, nok, olcha, krijovnik, qoraqat, uzum yetishtiriladi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Darrandachilik, bugʻuchilik va asalarichilik ham salmokli oʻrin tutadi.

Transportda temir yoʻl yetakchi oʻrinda (uz. — 1566 km, tashiladigan jami yuklarning 80%i). Oʻlka hududidan Transsibir temir yoʻl magistrali oʻtgan. Dengiz transportining ham ahamiyati katta. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka, Vostoch-niy.

Asosiy avtomobil yoʻli: Xabarovsk — Vladivostok. Avtoyoʻllar uz. 7003 km. Xavo yoʻllari ham rivojlangan. 10 oliy oʻquv yurti, bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, 4 muzey, kartinalar galereyasi, 4 teatr, filarmoniya, radio va televizion stansiya, iqlim va balchik, kurortlari (Sadgorod, Shmakovka va boshqalar), 4 turis-tik bazasi bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil