Kontent qismiga oʻtish

Printer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Printer — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi[1]. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va lazerli turlari keng tarqalgan. Matritsali printerlarda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi) dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va lazerli printerlarnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli printerlarda maʼlumotlar maxsus „siyoxdonlar“ yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli printerlar maxsus lazerli qurilma yordamida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi.

  1. „Printer - Definition of printer by Merriam-Webster“. merriam-webster.com. 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.