Kontent qismiga oʻtish

Priscilla Cooper Tyler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Priscilla Cooper Tyler
AQShning birinchi xonimi vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1842-yil 10-sentyabr – 1844-yil 26-iyun
Prezident John Tyler
Oʻtmishdoshi Letitia Tyler
Vorisi Julia Tyler
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Elizabeth Priscilla Cooper

14-iyun 1816-yil
Nyu-York, AQSh
Vafoti 29-dekabr 1889-yil(1889-12-29)
(73 yoshda)
Montgomery (Alabama), AQSh
Turmush oʻrtogʻi
Robert Tyler
(turm. 1839; vaf. 1877)
Bolalari 9

Elizabeth Priscilla Cooper Tyler (1816-yil 14-iyun – 1889-yil 29-dekabr) 1841-yildan 1844-yilgacha Oq uyning rasmiy uy bekasi va AQShning birinchi xonimi boʻlgan. Oʻsha paytdagi prezident John Tylerning oʻgʻli Robert Tyler bilan turmush qurgan. Qaynonasi, birinchi xonim Letitia Christianning vazifasi Elizabethga topshirilgan. 1842-yil sentyabr oyida Letitia Tyler vafotidan soʻng Priscilla Tayler Oq Uydagi ijtimoiy ishlarni nazorat qiluvchi birinchi xonim boʻlgan.

Elizabeth ilgari omadsiz aktrisa boʻlgan. Tyler bilan nikohi uni siyosiy hayotga kirib kelishiga sabab boʻlgan. Amerika fuqarolik urushi davrida Amerika Konfederativ shtatlari tarafida boʻlgan Tyler va uning eri AQShning janubiga koʻchib oʻtishgan. Tyler 1889-yil vafotiga qadar Alabama shtatining Montgomery shahrida istiqomat qilgan.

Elizabeth Priscilla Cooper 1816-yil 14-iyun kuni Nyu-York shahrida tugʻilgan. Oilada toʻqqiz farzandning uchinchisi edi[1].  Otasi Thomas Abthorpe Cooper aktyor va prodyuser, onasi Mary Fairlie Cooper Nyu-Yorklik sotsialist boʻlgan. Ota-onasi turli xil ijtimoiy tabaqalardan boʻlib, bu nikoh onasining oilasi tomonidan koʻplab noroziliklarga sabab boʻlgan[1].  Cooperning ona tomondan bobosi James Fairlie Amerika inqilobiy urushi faxriysi boʻlgan[2].

Cooperning onasi 1833-yilda vafot etgan va otasining koʻp masalalarda pul bilan muomala qilishi, ayniqsa, uning qimor oʻyinlari oila uchun moliyaviy muammolarni keltirib chiqargan[3][4]. 17 yoshida otasi bilan birga Virjiniusga koʻchib oʻtgan vaqtda aktrisa sifatida oʻzining ilk faoliyatini boshlagan[5].

Virjiniya shtatining Richmond shahrida namoyish etilgan „Otello“ spektaklida Dezdemona rolini ijro etganida, Robert Tyler va sobiq AQSh senatori John Tyler bilan tanishgan[6][7].  Cooper spektakldan soʻng Tyler bilan uchrashish maqsadida sahna orqasiga kirgan va ular bir-birini yoqtirib qolishgan. XIX asrda Amerikada aktrisalarning ijtimoiy mavqei unchalik yuqori boʻlmaganligi sababli Cooperda moliyaviy muammolari yetarlicha boʻlgan. Shunga qaramay, Tyler unga olti marta turmush qurish taklifini bergan[8].

1839-yil 12-sentyabrda Virginiya shtatining Bristol shahrida Cooper va Tylerning toʻyi boʻlib oʻtgan[9][10]. Toʻydan keyin ular Robertning oilasi bilan yashash uchun shtatning Williamsburg shahriga koʻchib oʻtishgan. John va Letitia Christian Tyler uni iliq kutib olgan. Priscilla Tyler qaynotasi bilan munosabatlarini yaxshilanganidan soʻng unga Williamsburgdagi har bir doʻkonda hisob ochishga ruxsat bergan. Shuningdek, qaynonasi Letitia Tayler bilan ham yaqin munosabatda boʻlgan[10][11].  Bunday yaqinlikka qaramay, Tyler qaynona-qaynotasi bilan yashashni xohlamagan, bu erining oʻz karyerasini yaratishiga xalaqit berayotganidan xavotirga tushgan.

Priscillaning otasi Demokratik partiyaga sodiq, ammo John Tyler vakili boʻlgan Whig partiyasiga keskin qarshi edi. Shu sababli ota ularning nikohidan unchalik mamnun boʻlmagan[12].  John Tyler 1840-yilda boʻlib oʻtgan saylovlarda Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidentligiga nomzod boʻlgan. Prezident William Henry Harrisonning kutilmagan vafotidan soʻng John Tyler Qoʻshma Shtatlar Prezidenti etib tayinlangan[13].

Oq uy bekasi sifatida faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1841-yilda John Tyler prezidentlik lavozimini egallaganida uning rafiqasi Letitia Oq uy bekasi boʻlishga jismonan kuchi yetmaganligi uchun mas’uliyat Priscilla Tylerga yuklangan[14][15]. Priscilla Oq uyda bekalik qilish imkoniyatidan xursand boʻlgan[16]. Bir necha marta Oq uyga beka boʻlganidan hayratda ekanligini bildirgan va doʻstlariga bu borada maqtangan.

Uy bekasi sifatida Tyler Qoʻshma Shtatlarda ham, xorijda ham koʻpchilik zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan[17][18]. U sobiq birinchi xonim Dolley Madison va Davlat kotibi Daniel Webster bilan oʻz lavozimiga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish maqsadida bir qancha vaqt birga faoliyat olib borgan[19][19].  Tylerning hayotidagi qiyinchiliklar ona boʻlganidan soʻng yanada murakkablashgan. Uning birinchi farzandi Oq uyga kelishidan bir necha oy oldin dunyoga kelgan. Shuningdek, Cooper oʻz faoliyati davomida ikkinchi farzandini ham dunyoga keltirgan.

  1. 1,0 1,1 Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  2. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  3. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  4. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  5. Strock, Ian Randal. Ranking the First Ladies. Carrel Books, 2016 — 86-bet. ISBN 9781631440601. 
  6. Strock, Ian Randal. Ranking the First Ladies. Carrel Books, 2016 — 86-bet. ISBN 9781631440601. 
  7. Gould, Lewis L.. American First Ladies: Their Lives and Their Legacy. Garland Publishing, 1996 — 113–115-bet. ISBN 0-8153-1479-5. 
  8. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  9. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  10. 10,0 10,1 Schneider, Dorothy. First Ladies: A Biographical Dictionary, 3rd, Facts on File, 2010. ISBN 978-1-4381-0815-5. 
  11. Gould, Lewis L.. American First Ladies: Their Lives and Their Legacy. Garland Publishing, 1996 — 113–115-bet. ISBN 0-8153-1479-5. 
  12. Seager, Robert. And Tyler Too: A Biography of John and Julia Gardiner Tyler. McGraw-Hill, 1963. 
  13. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  14. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  15. Diller, Daniel C.. The Presidents, First Ladies, and Vice Presidents: White House Biographies, 1789–2001. CQ Press, 2001 — 162-bet. ISBN 978-1-56802-573-5. 
  16. Caroli, Betty Boyd. First Ladies: From Martha Washington to Michelle Obama. Oxford University Press, USA, 2010 — 47-bet. ISBN 978-0-19-539285-2. 
  17. Leahy, Christopher J. (2012). "Playing Her Greatest Role: Priscilla Cooper Tyler and the Politics of the White House Social Scene, 1841–44". The Virginia Magazine of History and Biography 120 (3): 237–269. ProQuest 1038370038. https://www.proquest.com/docview/1038370038. 
  18. Caroli, Betty Boyd. First Ladies: From Martha Washington to Michelle Obama. Oxford University Press, USA, 2010 — 47-bet. ISBN 978-0-19-539285-2. 
  19. 19,0 19,1 Schneider, Dorothy. First Ladies: A Biographical Dictionary, 3rd, Facts on File, 2010. ISBN 978-1-4381-0815-5.