Pristli Jozef
Qiyofa
PRISTLI (Priestley) Jozef (1733.13.3, Fildxed, Yorkshir — 1804.6.2, Nortamberlend, Pensilvaniya, AQSH) — ingliz faylasufi, kimyogari, deizm tarafdori. 1794-yil AQSH ga muxrjir boʻlib ketgan. "Materiya va ruh toʻgʻrisida tadqiqotlar" asari (1777)da tabiatning moddiyligi, ruh materiyaning xususiyati ekanligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni ilgari surgan. D. Gartlining assotsiatsiyalar toʻgʻrisidagi taʼlimotini rivojlantirgan. Kislorodni kashf etgan (1774), vodorod xlorid va ammiak hosil qilgan (1772— 74). Nafas olishchiqarish tufayli bu-zilgan havoni yashil oʻsimliklar "to-zalaydi", deb koʻrsatib oʻtgan. Flogiston nazariyasini himoya qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |