Prjevalskiy oti
Prjevalskiy oti (lotincha: Equus przewalskii caballus, lotincha: Equus ferus przewalskii) — otlar turkumiga kiradigan toq tuyokli hayvon, otlarning hozirgacha saqlanib qolgan haqiqiy yovvoyi turi. Markaziy Osiyoda N. M. Prjevalskiy tomonidan topilgan (1879-yil) va tavsiflab berilgan. Boʻyi past, kallasi katta, boʻyni kalta va yoʻgʻon, Aygʻirining yagʻrin balandligi 125—135 sm, gavdasi uz. 230 sm gacha, oyoklari ingichka, vazni 300 kg gacha. Biyasi aygʻiridan kichikroq. Yoli qisqa va tik turadi, peshona yoli yoʻq. Tuyey — saman, yoli va dumi toʻq qora va kalin, 5—20 ta biya uyur boʻlib yashaydi. Ularni bitta ay-gʻir boshqaradi va himoya qiladi. Juda ehtiyotkor. Choʻl oʻsimliklari bilan oziqlanadi. Boʻgʻozlik davri 11 oy, 1—2 ta bola tugʻadi. Shim.Gʻarbiy Xitoy va Mongoliya (Jungʻoriya) choʻllarida yashagan. Oxirgi marta uni 1967 va 1969-yillarda uchratishgan. Qoʻlga qiyin oʻrga-nadi. Uy otlari bilan duragaylari nasl berish qobiliyatiga ega, eshak va zeb-ralar bilan chatishtirib olingan duragaylari avlod bermaydi. Prjevalskiy oti yovvoyi otlarning yagona turi sifatida muhofaza qilinadi. Jahondagi qoʻriqxona va hayvonot bogʻlarida, jumladan, Askaniyanova qoʻriqxonasida Prjevalskiy oti boqiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |