Produtsentlar
Qiyofa
Produtsentlar (lot. producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladigan avtotrof organizmlar. Produtsentlar geterotrof organizmlar — konsumentlar va redutsentlarga qarama-qarshi qoʻyiladi.Produtsentlar hosil qiluvchi organizmlardir. Produtsentlar oʻtxoʻr konsumentlar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Quruqlik va suv ekosistemasidagi asosiy P. — yashil oʻsimliklar hisoblanadi. P. oziqlanish zanjirining boshlangʻich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |