Kontent qismiga oʻtish

Profag

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Profag (yun. pro — ilgari va ... fag) — bakteriya hujayrasida xromosoma bilan bir vaqtda replikatsiya kilinadigan urta miyona bakteriofag genomi; bakteriofagning latent (yashirin) infeksiyasiz shakli. Odatda, bunday fag genomi P. holatga utishdan oldin bakteriya xromosomasining muayyan qismiga birikib oladi, baʼzan birikmasdan bakteriya hujayrasida DNK halqasi shaklida joylashadi. Fag genomi bilan birikkan bakteriya lizogen bakteriya deyiladi. P.ning hujayrani yemiradigan geni repressiya qilinganligi (taʼsiri tuxtatilgani) tufayli bakteriya uchun zararsiz bulib qoladi. P. holatga oʻtgan fag genomi bakteriya xromosomasi bilan birga replikatsiya qilinadi. Ammo lizogen bakteriyalardan ayrimlari (mln. dan bittasi)da induksiya yuz berishi, yaʼni P. yana bakteriya hujayrasini zararlaydigan formaga oʻtib qolishi mumkin. P. induksiyasi tezligi ayrim omillar (mas, ultrabinafsha nurlar) taʼsirida tezlashishi mumkin. P.faggeno-mi kodlashtiradigan fermentlar yorda-mida katalizlanadi. P. induksiyasida fag genomiga bakteriya xromosomasining ayrim qismlari (P. xromosomaga birikkanida) yoki bakteriya DNK si parchalari (P. xromosomaga qoʻshilmaganida) kirib qolishi mumkin. Bunday faglardan maxsus va umumiy trans-duksiya sohasidagi tajribalarda foy-dalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil