Professor Douelning boshi
Asl nomi | Голова профессора Доуэля |
---|---|
Muallif(lar) | Aleksandr Belyayev |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy-fantastik qissa, keyinchalik roman |
Nashr etilgan sanasi | 1925 |
„Professor Douelning boshi“ (ruscha: Голова профессора Доуэля) — rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallifning eng mashhur asarlaridan biri. Asarning ilk versiyasi 1925-yil „Rabochaya gazeta“ gazetasida qissa oʻlaroq chop etilgan. Roman toʻlaligicha oʻsha yili „Vsemirniy sledopit“ jurnalida chop etilgan.
Asarda kishi boshini yangi tanaga oʻrnatish masalasi haqida hikoya qilinadi. Roman bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. 1984-yil asar asosida „Professor Douelning vasiyati“ filmi suratga olingan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professor Douel va uning yordamchisi, jarroh va doktor Kern tanadan uzilgan organlarni saqlab qolish haqida izlanishlar olib boradi. Doktor Kern professor Douelni oʻldiradi. Kern professorning boshini tirik saqlab, undan ilmiy sirlarni oladi. Ammo Kernning yangi yordamchisi Mari Loran boʻlib oʻtgan ishlardan xabar topadi. Kern Loran oʻz sirlarini fosh qilmasligi uchun uni soxta ruhiy xastalar shifoxonasiga qamatadi.
Kern izlanishlarini davom ettiradi. Yosh ayolning boshini yangi tanaga qoʻyadi. Tana Doulning doʻstlaridan birining oʻgʻli yaxshi koʻrgan qizga tegishli boʻladi. Oʻsha bola doktor Kern laboratoriyasidan qochib chiqqan yosh ayolning tanasini tanib qoladi.
Douelning oʻgʻli doʻsti bilan birga Mari Loranni ozod etadilar. Doktor Kern oʻzini ixtirochi, deb eʼlon qilishga oshiqadi. Ammo Douelning qizi va Mari Loran professorning boshini kameralar oldiga olib kelib, haqiqatni fosh etadilar. Professor Douelning boshi hammasini aytib berib, oʻladi. Sharmanda boʻlgan doktor Kern esa oʻz joniga qasd qiladi.
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kishilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kern – professor, xoin jarroh
- Mari Loran – vrach, Kernning yordamchisi
- Jon – qora tanli xizmatkor
- Anjelika Gay – halok boʻlgan qoʻshiqchi; uning tanasidan Kern oʻz maqsadlarida foydalanadi
- Malla Marta – Brikening dugonasi
- Jan – Martining turmush oʻrtogʻi
- Madam Loran – Marining onasi
- Arman Lare – rassom
- Artur Douel – professor Douelning oʻgʻli
- Shaub – avstraliyalik rassom, Larening doʻsti
- Ravino – jinoyatchi vrach, ruhiy shifoxona boshligʻi
Boshlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Douel – professor, olim jarroh
- Toma Bush – halok boʻlgan quruvchi; uning boshini Kern tiriltiradi
- Brike – halok boʻlgan bar qoʻshiqchisi; uning boshini Kern tiriltiradi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]