Kontent qismiga oʻtish

Proksima

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Proksima (lotincha: proximus — „eng yaqin“) — Kentavr yulduz turkumidagi eng yorugʻ yulduz. Aslida bu yulduz uch karrali vizual yulduz boʻlib, uni tashkil etuvchilarning yulduz kattaliklari 0,04; 1,17 va 10,67 ga teng. Ulardan eng xirasini 1915-yilda ingliz astronomi Robert T. A. Innes kashf etgan.[1][2][3][4] Bu Quyoshga eng yaqin joylashgan yulduz boʻlib chiqdi va unga Proksima (aslida Proxima Centaurus) deb nom bergan.[5] Proksimagacha boʻlgan masofa 4.2465 yorugʻlik yiliga (1.3020 pc) teng.[6]

Proksima qizil mitti yulduzdir. Uning massasi Quyosh massasining (M) 12,5% ni tashkil etadi, oʻrtacha zichligi esa Quyoshnikidan 33 baravar koʻpdir. Proksimaning Yerga yaqinligi tufayli uning oʻq diametrini bevosita oʻlchash mumkin. Uning diametri Quyosh diametrining yettidan bir qismini (14%) tashkil qiladi.

  1. Innes, R. T. A. (October 1915). „A Faint Star of Large Proper Motion“. Circular of the Union Observatory Johannesburg. 30-jild. 235–236-bet. Bibcode:1915CiUO...30..235I. This is the original Proxima Centauri discovery paper.
  2. Glass, I. S. (July 2007). „The discovery of the nearest star“. African Skies. 11-jild. 39-bet. Bibcode:2007AfrSk..11...39G.
  3. Glass, I.S.. Proxima, the nearest star (other than the Sun). Cape Town: Mons Mensa, 2008. Qaraldi: 6-sentabr 2016-yil. 
  4. Queloz, Didier „How Small are Small Stars Really?“. European Southern Observatory (29-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2018-yil.
  5. Alden, Harold L. (1928). „Alpha and Proxima Centauri“. Astronomical Journal. 39-jild, № 913. 20–23-bet. Bibcode:1928AJ.....39...20A. doi:10.1086/104871.
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil