Proliferatsiya
Qiyofa
Proliferatsiya (lot. proles — avlod, nayel va facio — bajaraman) — 1) odam va hayvonlarda yangi hujayralar paydo boʻlishi va koʻpayishi natijasida toʻqimalarning oʻsib ketishi (qarang Giperplaziya, Gipertrofiya); 2) oʻsimliklarda — oʻsishdan va rivojlanishdan toʻxtagan birorta organdan boshqa bir organning rivojlanishi. Mas, barg chiqargan novdadagi guldan yangi gul yoki toʻpgul rivojlanishi (atirgul, ananas, kulupnay va boshqalarda). Bu jarayon prolifikatsiya deb ham ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |