Kontent qismiga oʻtish

Prolongatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prolongatsiya (lotincha: „prolongatio“) — zayom, veksel va shartnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish. Prolongatsiya kelishuvlar, sud qarorlari, davlat hokimiyati aktlarida oʻz aksini topadi. Iqtisodiy harakatlar, huquqiy sohalarda keng qoʻllanadi. Prolongatsiya, asosan, vaqtinchalik kuchga ega va u asosiy hujjatlardagidek amal qilish huquqini taʼminlaydi. Tadbirkorlikni kengaytirishda iqtisodiy aloqalarning uzilib qolmasligini taʼminlash prolongatsiyadan keng foydalanishni taqozo etadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil