Kontent qismiga oʻtish

Prorektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prorektor (lotincha: pro — oʻrniga va rektor) — oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish institutida rektor oʻrinbosari. Oliy oʻquv yurti shakli va taʼlim oluvchilarning sonidan kelib chiqib oʻquv ishlari boʻyicha, ilmiy ishlar va maʼmuriy xoʻjalik ishlari boʻyicha, sirtqi taʼlim boʻyicha va boshqa sohalardan prorektor lavozimi belgilanadi. Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari va malaka oshirish institutlarida maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor lavozimi ham mavjud. Unga 1-prorektor maqomi berilgan. Oʻzbekistondagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutlarida ham 3 yoʻnalish boʻyicha Prorektor lavozimlari mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil