Proskoryakov bozulbangi
Proskoryakov bozulbangi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli o‘simliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Lagochilus |
Oila: | Yalpizdoshlar |
Binar nomi | |
Lagochilus proskorjakovii |
Proskoryakov bozulbangi (lotincha: Lagochilus proskorjakovii) — yalpizdoshlar oilasi, lagochilus turkumiga mansub ko‘p yillik, gulli o‘simlik turi. Hayotiy shakli yarimbuta. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Jizzax va Samarqand viloyatlari Nurota tog‘ tizmasi hududida tarqalgan[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 25-30 sm gacha yetadigan ko'p yillik o‘t o‘simlik. Hayotiy shakli yarimbuta. O‘q ildiz tizimiga ega. Poyasi shoxlanga, yuza qismi siyrak, qisqa tuk bilan qoplangan. Barglari kichik, keng tuxumsimon, poyada ketma ket joylashgan, barg bandi uzun, yuza qismi tuklar bilan qoplangan. Gullari zigomorf, 4-6 tadan shoxlarning uchidagi barg qo‘ltiqlarida yarim halqa hosil qilib o‘rnashgan. Gulyonbargchalarining uchi o‘tkir, uchburchak bigizsimon, tashqi tomonga egilgan. Gulqo‘rg‘on bo‘lakchalari qisman qo‘shilgan. Gulkosachabarglari 10-15 mm uzunlikda, shakli tor qo‘ng‘iroqsimon, chetlari tishchali, kalta bezli tuklar bilan qoplangan. Gultojibarglari oq rangda. Gullari ikki jinsli, urug‘chibargi va changdoni bitta o‘simlikda joylashgan.Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab mevasi iyul avgust oylarida pishib yetiladi. Urug‘i orqali jinsiy yo‘l bilan ko'payadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka holatda uchraydi. Jizzax va Samarqand viloyatlari Nurota tog‘ tizmasida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismidagi quruq, tosh shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Ma'lum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli tabiatda kam uchraydi. Nurota davlat qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lagochilus proskorjakovii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.