Kontent qismiga oʻtish

Protagor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Protagor taxminan miloddan avvalgi 484-411 yillarda yashab oʻtgan sofist faylasufi. U bir necha grek shaharlarida yashab oʻtgan, jumladan, Sitsiliya va Italaiyadagi oʻqituvchilik faoliyati sababli tanilgan.[1] Protagor anʼanaviy ravishda sofistlarning birinchi vakillariga tegishli. Sofizmning paydo boʻlishi Protagor nomi bilan bogʻliq, chunki u qadimgi yunon faylasuflari orasida birinchi boʻlib taʼlim uchun pul olgan. 484-406 yillarda Perikl va Yevripid bilan muloqatda boʻlgan. Afinadan Sitsiliyaga ketayotganda Protagor boʻronga tushib, vafot etdi.[2] Platonning dialoglaridan biri Protagorga bagʻishlangan va uning nomi bilan ataladi. „Antologiyalar“ siyosiy mavzularga bagʻishlangan.[2] Uning fikrlari:

  • Inson qanday boʻlsa shu holida mavjud boʻlgan jamiki narsalarning va yoʻqligi bilan maʼlum nomavjud narsalarning mezoni hisoblanadi.
  • Oʻzimizni qanday his qilsak, u haqiqatan ham shunday.
  • Hammasi bizga qanday koʻrinsa, shunday
  1. Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi. Toshkent.2002.
  2. 2,0 2,1 Berlinskiy A. L. Protagor // Antichnaya filosofiya: Ensiklopedicheskiy slovar. — M.: Progress-Traditsiya, 2008.