Kontent qismiga oʻtish

Protagor Abderalik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

PROTAGOR (Protagoras) Abderalik (miloddan avvalgi taxminan 480—410) — yunon faylasufi, sofistlarning mashhur vakili. Asarlari bizgacha yetib kelmagan. U talabalarga falsafa, notiklik va bahs sanʼatidan saboq bergan. P. falsafa-sining asosiy qoidasi "inson barcha mavjud boʻlgan va mavjud boʻlmagan narsalarning mezonidir" degan tezisda oʻz ifodasini topgan. Uning fikricha, barcha narsa nisbiydir. P. oʻzini "sofistlar va odamlarning ustozi" deb atagan. U xudolarning mavjudligini ham, mavjud emasligini ham bilib boʻlmay-di, deb hisoblagan. P. "Xudolar haqida" kitobi uchun daxriylikda ayblangan, asari yoqib yuborilgan, oʻzi Afinadan badargʻa qilingan. Janubiy Italiyadan Si-siliyaga ketayotib, Messina boʻgʻozida suvga choʻkib halok boʻlgan. Platon unga bagʻishlab "Protagor" asarini yozgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil