Kontent qismiga oʻtish

Prototip

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Prototip (proto ... va tip) — badiiy obraz (tip)ga asos boʻlgan real shaxs. Avtobiografik va memuar asarlarda, lirika va hujjatli nasrda, shuningdek, portret sanʼati va haykal-taroshlikda boshqa janrlardagiga nis-batan kengroq foydalaniladi. Oshkora shartlilikka asoslangan fantastika, romantizm va boshqa uslublarga Karaganda realizmda P. sanʼatkorga voqelikni ba-diiy oʻzlashtirish uchun hayotiy material boʻlib xizmat qiladi. Badiiy asar qahramoni bir yoki bir necha P.li boʻlishi mumkin. P. bilan badiiy obraz orasidagi farq har xil. Bu, asar janri va yoʻnalishi, muallifning indi-vidualligi bilan bogʻliq. Romantik asarlarda muallif koʻproq badiiy toʻqimagaerk berib, P. xayotiga oid faktlarni yo keskin kamaytiradi yoki jiddiy oʻzgartiratsi (Abdulla Qodiriy "Oʻtgan kunlar" va boshqalar). Hujjatli nasrda esa, aksincha, obraz P.ga eng yuqori darajada yaqinlashtirilib, muallif real (hayotiy) shaxsga oid asoslardan koʻp uzoklashmaydi, ayrim hollarda, hatto joy va qahramon nomlarini ham aslidagiday saqlaydi (B. Polevoyning "Chin inson qissasi", N. Safarovning "Uzoqni koʻzlagan qiz" asari va boshqalar). Bunday hollarda P. haqida gapirishning oʻzi shartlidir. Ammo har ikki holatda ham badiiy obraz P.ga nisbatan ancha keng va sermaʼno boʻladi. Chunki muallif P. hayoti va harakteriga oid fakt va xususiyatlarni hayotdagi boshqa shunday kishi (yoki P.)lar harakteri va turmushidagi faktlar bilan, shuningdek, oʻz qarashlari va ideallari bilan ham boyitadi. P.li obrazda ham muallif hayot hodisalarini tipiklashtirish va umumlashtirishda badiiy toʻqimadan foydalanadi. Bu esa unga hayotda oʻzi koʻrgan-bilgan voqeahodisalardan, real shaxs (P.)lar hayoti faktlaridan samarali foydalanib, haqqoniy va toʻlaqonli badiiy obrazlar yaratish imkonini beradi. Badiiy obraz P.lari tadqiqotchilarni sanʼatkor ijodxonasi va asarning yaratilishi tarixi bilan qiziktiradi. Bu ishtadqiqotchidan oʻziga xos nazokat talab etadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil