Kontent qismiga oʻtish

Proyeksiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Proyeksiya (lotincha: projectus — oldinga irgʻitilgan) — biror narsaning tekislik (qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Masalan, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proyeksiyalash uchun proyeksiya markazi S orqali P’ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri chizigʻi oʻtkaziladi. Aʼ nuqta A ning proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan proyeksiya markaziy yoki konus proyeksiya deyiladi.

Proyeksiya markazi fazoning cheksiz uzoqlikdagi nuqtasi £°= da boʻlsa, barcha pro-yeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlar parallel boʻladi va proyeksiya parallel yoki silindrik proyeksiya deyiladi. Chizmachiliqda parallel proyeksiyalashning xususiy turi qoʻllanadi. Bunda proyeksiyalash tekisligi proyeksiyalash yoʻnalishiga perpendikulyar joylashadi. Bunday proyeksiya toʻgʻri burchakli yoki ortogonal proyeksiya deyiladi. Markaziy va parallel proyeksiyalar chizma geometriyada keng qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil