Kontent qismiga oʻtish

Psefitlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Psefitlar (yun. psephos — mayda tosh, shagʻal tosh) — yirik boʻlakli sementlashgan choʻkindi jinslar. Tub jinslarning mexanik parchalanishi va parchalangan mahsulotlarning daryo vodi ylari va suv havzalari sohillarida toʻplanishidan hosil boʻladi. Boʻlaklar oʻlchami 1 mm dan katta. Kelib chiqishi boʻyicha choʻkindi, vulkanogen-choʻkindi, vulkanogen va tektonik turlarga boʻli-nadi. Boʻlaklarning oʻlchami va dumaloqlanish darajasi boʻyicha harsangtosh, gʻoʻlatosh va shagʻallarga ajratiladi. Sementlashgan turlari psefitolit (konglomerat, brekchiya, gravelit)lar deyiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil