Psillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Psillar (grekcha: Ψύλλοι) — Shimoliy Afrikadagi qadimgi xalq.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta Sirt koʻrfaziga tutash hududda yashagan[1]. Nomi mifologik qirol Psill nomidan olingan.

Ilon sehrgarlari sifatida tanilgan, ular zaharini oʻzlariga zararsiz soʻra olganlar. Kassiy Dionning soʻzlariga koʻra, Oktavian ilon chaqishi natijasida vafot etgan Kleopatrani[2] psillar yordamida tiriltirishga harakat qilgan.

Afsonaga koʻra, psillar oʻzlarining bolalarini ham ilon chaqishi bilan sinab koʻrishgan, agar bola oʻlsa, ayol chet ellik bilan gunoh qilgan deb ishonilgan.

Gerodot maʼlumotiga koʻra[3] uning davrida psillar allaqachon choʻl qumlarida butunlay yoʻq boʻlib ketgan[4], ularning yerlarida nasamonlar yashagan. Ammo bu xalqni keyinroq boshqa yozuvchilar ham tilga olishgan (Strabon 13, 588, 17, 838).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • «Неживой зверь». Опубл.: 1916. Источник: Тэффи Н. А. Собрание сочинений в пяти томах. Т. 2. — М.: Книжный клуб «Книговек», 2011.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Псиллы — эфиопское племя, неуязвимое для ядовитых змей и ядовитое для самих змей, представители которого отдают новорожденных детей ядовитым змеям, чтобы проверить верность своих жён​​‌‌‌‌“. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  2. „Загадка смерти Клеопатры VII в античной литературной традиции“. 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  3. „ГЕРОДОТ ИСТОРИЯ Книга Четвертая МЕЛЬПОМЕНА“. 2020-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
  4. Геродот «Племя это погибло вот каким образом: южный ветер дул с такой силой, что водоемы [у них] высохли и вся страна, лежащая внутри [Сирта], стала совершенно безводной. Тогда псиллы единодушно решили идти войной против южного ветра (я сообщаю только то, что передают ливийцы). И когда они оказались в песчаной пустыне, поднялся южный ветер и засыпал их песком»

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]