Kontent qismiga oʻtish

Psilofitsimonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Psilofitsimonlar (Psiloghytales) — botqoqlik va quruklikda yashashga moslashgan qad. oʻsimliklar oilasi. P. qazilma qoldiklari dastlab 1859-yilda Kanadada, keyinchalik Shotlandiya, Shpitsbergen, Kuzbass,Ural, Sibir, Oʻzbekiston (Turkiston va Nurota togʻlari)da Oʻrta silurdan devongacha boʻlgan yotqiziklardan topilgan. Poyasi dixotomik shoxlangan, ay-rim turlarida tikanga oʻxshash mayda barglari boʻlgan. Sporangiylari poyasi uchida joylashgan. P.ga suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki poya va bargli oʻsimlik sifatida qaraladi. Qazilma P.ning 7 oilasi, 18 turku-mi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turku-mi topilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil