Kontent qismiga oʻtish

Psilomelan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Psilomelan (yun. psilos — yalangʻoch, silliq, melos — qora) — mineral, marganetsning murakkab gidrooksidi. Unga yashirin kristalli va kollomorf shakldagi murakkab tarkibli gidro-oksidlar xos. MpO va MpO2 nisbati oksidlanish darajasiga qarab keng institutervalda oʻzgaradi. Asl P. [(Va, N2O)2 Mp5O10], kriptomelan [K2Mp8O16], gollandit [Va2Mp8O|6], koronadit [Pb2MngOl(j] va boshqalardan tarkib topgan. Bu minerallar xossalari boʻyicha bir-biriga juda yaqin. Asl P. chigʻanoqsimon sinadi, rangi tim kora, baʼzan qoʻngʻir qora. Qattiqligi 5—6. Zichligi 4000– 4710 kg/m³. Moʻrt. P. nuraganda oksidla-nadi va degidratatsiyalanadi. Bunda kora qurum shaklidagi pirolyuzit hosil boʻladi. Oksidlanish zonalarida, nurash qobiklarida hamda choʻkindi foydali qazilmalar konlarida uchraydi. Sinonimi — romaneshit. Zakavkazye va Ukrainada yirik konlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil