Psixologiya tarixi
Bu maqola ayni damda Komilkhuja 12:04, 2024-yil 27-noyabr (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 15:50, 29-noyabr 2024 (UTC) (2 kun avval) da tahrir qilingan. |
Psixologiya – „xulq-atvor va aqliy jarayonlarni ilmiy oʻrganish“ deb taʼriflanadi. Inson ongi va xulq-atvoriga boʻlgan falsafiy qiziqish qadimgi Misr, Fors, Yunon, Xitoy va Hindiston sivilizatsiyalariga borib taqaladi[1].
Psixologiya eksperimental tadqiqot sohasi sifatida 1854-yilda Germaniyaning Leypsig shahrida Gustav Fechner tomonidan asos solingan. Fechner eksperimental metodlar asosida sezgilaring ortib borishi bilan ularni qoʻzgʻatuvchi taassurotlar taʼsiridagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qoʻzgʻatgich logarifmasiga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Fechnerning nazariyasi, bugungi kunda Signalni aniqlash nazariyasi sifatida tanilgan, taqqoslash hukmlari boʻyicha statistik nazariyalarni rivojlanishini oldindan koʻrsatgan va uning gʻoyalariga asoslangan minglab tajribalar yaratilishiga zamin yaratgan. 1879-yilda Wilhelm Wundt Germaniyaning Leyptsig shahrida faqatgina psixologik tadqiqotlarga moʻljallangan ilk psixologiya laboratoriyasini tashkil etdi. Shuningdek, Wundt, oʻzini psixolog deb atagan ilk shaxs boʻlgan. Shu sababli, Wundt koʻpincha psixologiyaning otasi deb ham ataladi. Vilgelm Wundt dan avval psixologiya sohasida muhim qadam tashlagan shaxs Ferdinand Ueberwasser (1752–1812) edi. U 1783-yilda oʻzini Empirik psixologiya va mantiq professori deb atagan va Germaniyaning Münster shahridagi Eski universitetda empirik psixologiya boʻyicha maʼruzalar oʻqigan[2]. Psixologiya sohasiga muhim hissa qoʻshgan boshqa ilk olimlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Hermann Ebbinghaus (1850–1909) – xotira tadqiqotlarida kashshof boʻlib, eslash va unutish jarayonlarini oʻrganishga asoslangan unutish egri chizigʻini ishlab chiqqan. Ebbinghaus eksperimental yondashuv orqali xotira mexanizmlarini tushunishga harakat qilgan.
- William James (1842–1910) – amerikalik faylasuf va psixolog boʻlib, pragmatizm falsafiy oqimining asoschilaridan biri hisoblanadi. James „Psixologiyaning prinsiplari“ asari orqali funksionalizm yondashuvini rivojlantirib, inson ongining amaliy jihatlarini oʻrganishga urgʻu bergan.
- Ivan Pavlov (1849–1936) – rossiyalik fiziolog boʻlib, klassik shartli reflekslar (klassik shartlashish) boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Uning mashhur qoʻngʻiroq va it tajribalari inson va hayvonlarning oʻrganish jarayonlari haqidagi tushunchalarni tubdan oʻzgartirdi.
Bu olimlarning ishlari psixologiyani shakllantirishda va uning turli yoʻnalishlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Eksperimental psixologiya taraqqiy etgandan koʻp oʻtmay, amaliy psixologiyaning turli yoʻnalishlari vujudga keldi. Granville Stanley Hall 1880-yillarning boshida Germaniyadan Amerika Qoʻshma Shtatlariga ilmiy pedagogikani olib keldi. 1890-yillardagi John Deweyning taʼlim nazariyasi ham bunga misol boʻla oladi. Shuningdek, 1890-yillarda Hugo Münsterberg psixologiyani sanoat, huquq va boshqa sohalarda qoʻllash haqida yozishni boshladi. Lightner Witmer 1890-yillarda birinchi psixologik klinikani tashkil etdi. James McKeen Cattell 1890-yillarda Francis Galtonning antropometrik usullarini moslashtirish orqali birinchi aqliy test dasturini ishlab chiqdi. Shu orada, Venada Sigmund Freud mustaqil ravishda ruhiyatni oʻrganishga qaratilgan psixoanaliz deb nomlangan yondashuvni ishlab chiqdi. Bu nazariya keyinchalik psixologiyada juda katta taʼsir koʻrsatadigan yoʻnalishga aylandi[3].
XX asrda Edward Titchenerning Wundtning empiritsizmiga boʻlgan tanqidiy munosabatiga qarshi fikrlar paydo boʻldi. Bu John B. Watsonning bixeviorizm nazariyasini shakllantirishga hissa qoʻshdi. Keyinchalik Burrhus Frederic Skinner ushbu nazariyani operant shartlanish orqali ommalashtirib berdi. Bixeviorizm ochiq xulq-atvorni oʻrganishga eʼtibor qaratishni taklif etdi, chunki uni miqdoriy jihatdan baholash va oson oʻlchash mumkin edi. Ilk behavioiristlar ongni oʻrganishni samarali ilmiy tadqiqot uchun juda mavhum deb hisoblaganlar. Biroq, Skinner va uning hamkasblari fikrlash jarayonini yashirin xulq-atvor shakli sifatida oʻrganganlar va unga ochiq xulq-atvorga nisbatan qoʻllanadigan tamoyillarni qoʻllaganlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ For a condensed historical overview of psychology, see the timeline of psychology article.
- ↑ Schwarz, K. A.; Pfister, R. (2016). "Scientific psychology in the 18th century: a historical rediscovery.". Perspectives on Psychological Science 11 (3): 399–407. doi:10.1177/1745691616635601. PMID 27217252.
- ↑ Cautin, Robin L. (2011), „A century of psychotherapy, 1860–1960“, History of psychotherapy: Continuity and change (2nd ed.) (inglizcha), Washington: American Psychological Association, 3–38-bet, doi:10.1037/12353-001, ISBN 978-1-4338-0762-6
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |