Kontent qismiga oʻtish

Puebla (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Puebla — Meksikadagi shtat. Maydoni 33,9 ming km². Aholisi 5,1 mln. kishi (2000), Maʼmuriy markazi — Puebla shahri Hududining katta qismini Meksika qoʻltigʻi va Balsas botigʻiga yoʻnalgan yon bagʻirlari egallagan. Togʻ yon bagʻirlari daryolar bilan chuqur oʻyilgan. Shtatda vulkanlar (jumladan, Meksikaning eng baland joyi — Orisaba vulkani, 5700 m) bor. Ikli-mi togʻ-tropik iqlim, oʻrtacha oylik temperaturalar 12—15° dan 17—20° gacha. Yillik yogʻin soyliklarda 500–600 mm dan shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000–3000 mm gacha. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi. Makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kartoshka yetishtiriladi. Togʻ oldilarida kofe plantatsiyalari bor, tropik mevachilik rivojlangan. Jun uchun qoʻy boqiladi. Ip gazlama, oziq-ovqat, kimyo, avtomobilsozlik sanoati korxonalari mavjud. Turizm rivojlangan. Togʻiqlim kurortlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil