Kontent qismiga oʻtish

Pugachyova Alla Borisovna

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pugachyova Alla Borisovna (1949.15.4, Moskva) — rus estrada xonandasi. Xalq artisti (1991). Moskvadagi Teatr sanʼati institutini tugatgan (1981). O. Lundstrem rahbarligidagi estrada orkestrida (1971—72), Roskonsertda (1978—87) yakka xonanda, "Qoʻshiq teatri" teatr-studiyasining asoschisi va badiiy rahbari (1988-yildan). P. ijodi yuqori vokal va aktyorlik sanʼati, har bir qoʻshigʻini mukammal dramaturgik asar darajasiga koʻta-ra olishi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik kabi oʻziga xos uslubi bilan ajralib tu-radi. Repertuaridan R. Pauls, A. Zatsepin, M. Tariverdiyev, I. Nikolayev va boshqa kompozitorlar hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar oʻrin olgan ("Arlekino", "Million qizil atirgul", "Maestro", "Paromchi", "Bu dunyo", "Menga yokadi", "Aysberg" va boshqalar). Yevropa, Amerika va Osiyo (jumladan, Oʻzbekistonda ham) gastrolda boʻlgan. Xalqaro estrada tanlovlarida (Bolgariya, 1975; Polsha, 1978) Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Rossiya Davlat mukofoti laureata (1994).[1]


Ushbular bilan turmush qurgan: Mikolas Orbakas (t-q. 1969; ajr. 1973) Aleksander Stefanovich (t-q. 1976; ajr. 1980) Yevgeniy Boldin (t-q. 1985; ajr. 1993) Filipp Kirkorov (t-q. 1994; ajr. 2005) Maksim Galkin (t-q. 2011) Bolalari 3 ta Ota-onasi: Boris Mixailovich Pugachov (otasi) Zinaida Arxipovna Odegova (onasi)

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil